82
Ma‘lumotlar bazadagi ro‘yxatni turli kalitlar asosida tartiblash mumkin.
Xatto, tartiblash kalitlarini bir necha ma‘lumotlardan tuzish xam mumkin .
Masalan, liseyda o‘qiydigan talabalarni oldin guruxlar (GURUH) bo‘yicha, keyin
guruxlardan familiyasi (FAMILIYA) bo‘yicha tartiblash mumkin.
U xolda tartiblash kaliti GURUH+ FAMILIYA
dan tashkil topadi va
GURUH bosh satr xisoblanadi.
Ma‘lumotlarni komputerda saralash anchagina vaqtni talab qiladigan jarayon
xisoblanadi. Shuning uchun axborot tizimini yaratuvchi
saralashning optimal
variantini izlab topishi kerak. Bu muammo quyidagicha xal qilinadi. Boshlang‘ich
jadvalni o‘zgartirmasdan, xar bir saralash kaliti uchun indeksli fayl belgilanadi.
Indekisli faylga kalitning qiymati (masalan, gurux va familiya) yoziladi (ular
tartiblangan bo‘ladi). Xar bir kiymat dastlabki jadvalda o‘z tartib nomeriga ega.
Tizimda izlashni indeksli faylning
kerakli kalitini topgach,
dastlabki jadvalga
murojaat qiladi va izlangan satrni o‘z nomeri bo‘yicha ekranga chiqaradi. Xar
qanday dbf fayli uchun ixtiyoriy sondagi indeksli fayllarni yaratish mumkin.
Bunday xolda faylning o‘ziga indekslangan fayl deyiladi.
Xar bir indeksli fayl
muayyan indeksli kalit (ya‘ni bosh kalit)ga ega bo‘ladi.
Indekslash tizimi
ma‘lumotlar bazada ma‘lumotlarni ko‘rib chiqish va izlashning bir necha barobar
tezlashishiga imkon beradi.