• Document Type Definition - hujjat xilini aniqlash ) DTD
  • Language - gipermatn belgilash tili




    Download 6,87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet96/102
    Sana16.01.2024
    Hajmi6,87 Mb.
    #138787
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   102
    Bog'liq
    QURILISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN Дарслик

    Language - gipermatn belgilash tili). WWW sistemasi uchun hujjat tayyorlashda 
    ishlatiladi. HTML hujjatning tuzilishini ifodalovchi uncha murakkab bo`lmagan 
    buyruqlar majmuidan iborat. HTML buyruqlari orqali matnlarni istagancha 
    shaklini o`zgartirish, ya'ni matnning ma'lum bir qismini ajratib olib boshqa faylga 
    yozish, shuningdek boshqa joydan turli xil rangli tasvirlarni qo`yish mumkin. U 
    boshqa hujjatlar bilan bog`laydigan gipermatnli aloqalarga ega. 90-yillarning 
    o‘rtalarida internet tarmog‘ining eksponentsial o‘sishi oqibatida HTML tili 
    ommaviy tus oldi. Bu vaqtga kelib, tilni standartizatsiyalash zarurati tug‘ildi, 
    chunki ko‘p kompaniyalar Internetga kirish uchun ko‘plab dasturiy ta'minotlar 
    ishlab chiqdilar, to‘xtovsiz o‘sib borayotgan (HTML instruktsiyasi bo‘yicha) 
    o‘zlarini variantlarini tavsiya qildilar. HTML tili teglarini qo‘llash bo‘yicha 
    yagona bir qarorga kelish payti yaqinlashgan edi. 
    World Wide Web Consortium (qisqacha–WZS) deb nomlangan tashkilot 
    HTML standarti (spetsifikatsiya)ni yaratish ishlarini o‘ziga oldi. Uning vazifasiga 
    brauzerlar tadqiqotchi kompaniyalarning har xil takliflarini hisobga olgan holda 
    tilning zamonaviy rivojlanish imkoniyatlari darajasini aks ettiruvchi standartni 
    yaratish kiradi. Spetsifikatsiyaning tasdiqlash sxemasi quyidagilardan iborat: WZS 
    konsortsiumi standart loyihasini tayyorlaydi. Muhokama qilingandan so‘ng, uning 
    ishchi (draft) varianti chiqariladi, so‘ngra uni ma'lum bir davrga yana muhokama 
    qilish uchun tavsiya qilinadi. Istagan xohlovchi odam HTML standartining yangi 
    teg va versiyalari muhokamasida ishtirok etishi mumkin. Muhokama davri 
    tugagandan keyin, standartning ishchi varianti tavsifnoma hisoblanadi, ya'ni 
    HTML spetsifikatsiyaning rasmiy tan olingan varianti bo‘ladi. Qabul qilingan 
    standart (Document Type Definition - hujjat xilini aniqlashDTD deb 
    ataladi.Internetda birinchi marta ko‘rsatilgan (taqdim qilingan) HTMLdagi DTD–
    standartning 1.0 versiyasi bo‘ldi. So‘ngra 1995 yil noyabr oyida WWW uchun 
    ancha aniq va o‘ylab qilingan 2.0 versiya yaratildi.1996 yil sentyabr oyida bir 
    necha oylik muxokamadan so‘ng 3.2 versiya tasdiqlandi (3.0 versiya nashr 
    qilinmadi). 


    143 
    1997 yil iyun oyida HTML–standartining 4.0 versiyasi e'lon qilindi va 1997 
    yil dekabrida rasmiy standartga aylandi. Bugun bu qabul qilingan standartlarning 
    eng oxirgisidir. 

    Download 6,87 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   102




    Download 6,87 Mb.
    Pdf ko'rish