I BOB. AXBOROT – KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI




Download 3.73 Mb.
bet3/92
Sana13.06.2022
Hajmi3.73 Mb.
#23589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
fayl 1990 20211005
Aminova Arxivga xat, 121212, 82708, 1-МАВЗУ, Деепричастие, PhD va DSc kerakli hujjatlar, A.Abdullayev5.4б шакл охирги (5), Ишчи дастур маъмурий (2), Менежмент (2), Инновационный менеджмент. Фатхидинов Р.А, иқтибослик, 259-буйруқ -илова- 2-----------, Korrupsiya, SILLABUS YANGI Komp grafikasi va vizual 2023 2024 kunduzgi 3 kurs

I BOB. AXBOROT – KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI


    1. Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari


Axborot tizimlari va texnologiyalari yildan-yilga inson faoliyatining turli sohalarida yanada keng qo`llanilib borilmoqda. Ularni yaratish, ishga tushirish va keng qo`llashdan maqsad - jamiyat va inson butun hayot faoliyatini axborotlashtirish borasidagi muammolarini hal etishdir. Jamiyatni axborotlashtirish deganda inson faoliyatining barcha ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan sohalarda boyitilgan bilimlar, ishonchli axborotlar bilan to`liq va o`z vaqtida foydalanishni taʻminlashga qaratilgan kompleks chora - tadbirlarni hamma joylarda tadbiq etish tushuniladi. Bundan shu narsa nazarda tutilmoqdaki, zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarini hamma joyga tadbiq etish qabul qilinajak qarorlar samarasini oshiradi. Bu faqat milliy iqtisod rivojlanishining iqtisodiy ko`rsatkichlari o`sishinigina emas, balki ayni paytda ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi ish joylarini tashkil etish, aholining turmush darajasini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga yo`naltirilgan fundamental va amaliy fanlarda sifatli ilmiy yutuqlarga erishishni ham taʻminlaydi.
XXI asrga kelib insoniyat tarixida ilk bor sanoati rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqarishida axborot ish quroliga aylandi. Moddiy ishlab chiqarish sohasidan mehnat resurslarining og`ishmay axborotlar sohasiga o`tib borishi tendentsiyasi tabora yaqqol sezilmoqda. Buning asosiy sababi shundaki, ishlab chiqarish surʻati o`sishi va rivojlanishi jarayonida qarorlar qabul qilish hamda boshqarish uchun zarur bo`lgan axborot hajmi oshib borayapti. Bu o`sish avvalo, iqtisodiy, texnik, ilmiy, texnologik va ijtimoiy tizimlar va jarayonlarda namoyon bo`lmoqda.
Globallashuv, axborot-kommunikatsiya taraqqiyoti axborot almashish jarayoni yanada tezlashtirishga xizmat qilayotir. Bugungi kunda maktab o'quvchisi, hatto bog'cha bolasi qo'lida ham mobil telefon borligi hech kimni ajablantirmay qo'ydi. Uyali aloqa vositalari, planshet, kompyuter texnologiyalari, internetning imkoniyatlari had-hududsiz ekanligi hammaga ayon. Kundalik turmushimizda oddiy voqelikka aylangan ana shunday zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan jamiyatimizning barcha a'zolari, jumladan, jismoniy va yuridik shaxslar unumli foydalanishga intilmoqda.
Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy tushunchalari haqida maʻlumot beramiz.
Axborot — bu yaratuvchisi doirasida qolib ketmagan va xabarga aylangan, bilimlar noaniqligi, toʻliqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda ogʻzaki, yozma yoki boshqa usullar (shartli signallar, texnik vositalar, hisoblash vositalari va hokazo) orqali ifodalash mumkin boʻlgan atrof-muhit (obyektlar, voqea- hodisalar) toʻgʻrisidagi maʻlumotlardir. [5]
Texnologiya soʻzi lotincha “thexnos” -sanʻat, hunar, soha va “logos” – fan degan maʻnolarini anglatadi. Yaʻni texnologiya – biror vazifani bajarishda uning turli xil usullari koʻrinishini bildiradi.[4]

Download 3.73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Download 3.73 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB. AXBOROT – KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI

Download 3.73 Mb.