• Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)
  • Axborot tizimi
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi jizzax




    Download 3.73 Mb.
    bet6/92
    Sana13.06.2022
    Hajmi3.73 Mb.
    #23589
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
    Bog'liq
    fayl 1990 20211005
    Aminova Arxivga xat, 121212, 82708, 1-МАВЗУ, Деепричастие, PhD va DSc kerakli hujjatlar, A.Abdullayev5.4б шакл охирги (5), Ишчи дастур маъмурий (2), Менежмент (2), Инновационный менеджмент. Фатхидинов Р.А, иқтибослик, 259-буйруқ -илова- 2-----------, Korrupsiya, SILLABUS YANGI Komp grafikasi va vizual 2023 2024 kunduzgi 3 kurs
    NGN texnologiyasi – bu real konvergent texnologiyalarga asoslanadi. Konvergensiya nima? Telekommunikatsiya tarmoqlarining konvergensiyasi – aloqa tarmogʻi tarkibidagi abonentlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar koʻlami va foydalanishdagi apparat – dasturiy vositalarining oʻzaro birlashishining vujudga kelishi bilan izohlanadi. Konvergent texnologiyalar uchta asosiy aspektlarni oʻz ichiga qamrab olib, ularga tarmoq tarkibi qurilishining texnik vositalari va mijozlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar koʻlamidan iborat. Tarmoqlarning konvergensiyalashuvi va integratsiyalashuvi iboralari keskin farq qiladi. Ular oʻzining alohida mazmun va mohiyatiga ega. NGN tarmogʻining tuzilishi, ularning tarmoq infratuzilmasidagi mobil aloqa va turgʻun aloqa tarmoqlari, ichki yoki tashqi platformalardagi konvergentligi hamda integratsiyalashuvining asosiy jihatlari toʻrt qatlamli boshqaruv tizimidan tashkil topgan. Xizmatlarni boshqarish, tarmoqlarni boshqarish, tayanch kommutatsiya qurilmalari qatlami, xizmatlardan foydalanish qatlamidir.
    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) - axborot texnologiyalari (AT) uchun yagona aloqa boʻlib, u birlashtirilgan kommunikatsiyalarning rolini taʻkidlaydi. [Vikipediya]
    Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya - bu zamonaviy kompyuterlar va telekomunikatsion vositalaridan foyidalanadigan, foydalanuvchi ishlashi uchun «doʻstona» interfeysga ega boʻlgan axborot texnologiya demakdir.
    Tizim deganda – yagona maqsad yoʻlida bir vaqtning oʻzida ham yaxlit, ham oʻzaro bogʻlangan tarzda faoliyat yurituvchi bir necha turdagi elementlar majmuasi tushuniladi. Tizim atamasi yunoncha soʻzdan kelib chiqqan boʻlib, oʻzaro bogʻlangan yaxlitlik, birlikni tashkil qiluvchi qismlar yoki koʻpgina elementlardan tashkil topgan bir butunlikni bildiradi.
    Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yoʻlida axborotni yigʻish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qoʻllaniladigan usullar, vositalar va shaxslaming oʻzaro bogʻlangan majmuasidir. Axborot tizimlari jamiyat paydo
    boʻlgan paytdan boshlab mavjud, chunki jamiyat rivojlanishning turli bosqichlarida oʻz boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari - moddiy va nomoddiy neʻmatlami ishlab chiqarish bilan bogʻliq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy m uhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari jadal takomillashadi. Ulaming rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, oʻz navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni ragʻbatlantiradi. [7]
    Axborot tizimlari maʻlum bir obyekt uchun yaratiladi. Samarali axborot tizimi boshqaruv darajalari, harakat sohalari, shuningdek, tashqi holatlardagi farqni eʻtiborga oladi va har bir boshqaruv darajasiga samarali boshqaruv funksiyasini bajarishga kerakli boʻlgan, faqat unga tegishli axborotni beradi. [22]
    Avtomatlashtirish darajasiga koʻra qoʻl mehnatiga asoslangan, avtomatlashtirilgan va avtomatlashgan axborot tizimlariga ajratiladi.

    Download 3.73 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




    Download 3.73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi jizzax

    Download 3.73 Mb.