• Avtomatlashgan axborot tizimlari
  • Ilmiy tadqiqot axborot tizimi
  • Tashkiliy boshqaruv axborot tizimi
  • Qoʻl mehnatiga asoslangan axborot tizimlari




    Download 3.73 Mb.
    bet7/92
    Sana13.06.2022
    Hajmi3.73 Mb.
    #23589
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92
    Bog'liq
    fayl 1990 20211005
    Aminova Arxivga xat, 121212, 82708, 1-МАВЗУ, Деепричастие, PhD va DSc kerakli hujjatlar, A.Abdullayev5.4б шакл охирги (5), Ишчи дастур маъмурий (2), Менежмент (2), Инновационный менеджмент. Фатхидинов Р.А, иқтибослик, 259-буйруқ -илова- 2-----------, Korrupsiya, SILLABUS YANGI Komp grafikasi va vizual 2023 2024 kunduzgi 3 kurs
    Qoʻl mehnatiga asoslangan axborot tizimlari shu bilan xarakterlanadiki, unda axborotlarni qayta ishlash operatsiyalari inson tomonidan bajariladi.
    Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari — boshqaruv funksiyalarining bir qismi (tizimcha) yoki maʻlumotlarni qayta ishlash Avtomat ravishda, boshqa qismi inson tomonidan bajariladi.
    Avtomatlashgan axborot tizimlari — maʻlumotlarni qayta ishlashning barcha boshqaruv funksiyalari texnik vositalar bilan amalga oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlarni avtomat boshqarish).
    Axborot tizimlari sohasiga koʻra quyidagicha boʻlinadi:

    • ilmiy tadqiqot;

    • avtomatlashtirilgan loyihalashtirish;

    • tashkiliy boshqaruv;

    • texnologik jarayonlarni boshqarish.

    Ilmiy tadqiqot axborot tizimi ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotlarni tahlil qilish, tajribalarni boshqarishga moʻljallangan.
    Avtomatlashtirilgan loyihalashtirish axborot tizimi muhandis- loyihalovchilar va yangi texnikalarni (texnologiyalarni) ishlab chiquvchilar mehnatini avtomatlashtirishga moʻljallangan.
    Bunday axborot tizimlari quyidagilarni amalga oshirishga yordam beradi:

    • yangi mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish;

    • turli muhandislik hisoblari (mahsulotning texnik parametrlarini aniqlash, chiqim meʻyorlari — mehnat, materiallar va shu kabilar);

    • grafik hujjatlarni tayyorlash (chizmalar, sxemalar, rejalar);

    • loyihalashtirilayotgan obyektlarni modellashtirish;

    • raqamli dasturiy boshqarish stanoklari uchun boshqaruvchi dasturlar yaratish.

    Tashkiliy boshqaruv axborot tizimi maʻmuriy xodimlar (boshqaruv) funksiyasini avtomatlashtirish uchun moʻljallangan. Bunday axborottizimiga sanoat (korxonalar), nosanoat (banklar, birjalar, sugʻurta kompaniyalari, mehmonxonalar va shu kabilar) hamda alohida ofis (ofis tizimlari) kabi obyektlarni boshqarish taalluqlidir.

    Download 3.73 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92




    Download 3.73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qoʻl mehnatiga asoslangan axborot tizimlari

    Download 3.73 Mb.