O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi




Download 472,07 Kb.
bet86/131
Sana13.05.2024
Hajmi472,07 Kb.
#230223
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   131
Bog'liq
Apparat va dasturiy-www.hozir.org

Xotira. Eski tizimlarning ko‘pchiligida ikkinchi daraja keshxotira tizimli plataning o‘zida o‘rnatilgan. Yangi tizimlarning barchasida bu xotira protsessorning bir qismi sanaladi. Socket 7 va Super 7 razyomli tizimli platalarda ikkinchi darajali kesh-xotira hali ham tizimli platalarda o‘rnatilmoqda va u yangilanmaydi.
Pentium Pro, Pentium II/III/4 va Celeron protsessorlarida ikkinchi darajali kesh-xotira protsessor g‘ilofi ichida o‘rnatiladi. Athlon va Duron protsessorlari tarkibida ham ikkinchi darajali kesh-xotira mavjud, biroq ba’zi tizimli platalarda uchinchi darajali kesh-xotira (L3) deb ataluvchi qo‘shimcha kesh-xotira o‘rnatilmoqda.
Asosiy xotira, odatda, SIMM, DIMM yoki RIMM modullari ko‘rinishida o‘rnatiladi.
Bugungi kunda ShK moslashuvchi kompyuterlarda asosiy xotiraning uch xil ko‘rinishi ishlatiladi va ularning har biri bir qancha modifikatsiyalarga ega. Quyida shu mikrosxemalar keltirilgan:
  • 168 kontaktli DIMM (SDRAM);


  • 184 kontaktli DIMM (DDR SDRAM); – 240 kontaktli DDR2 DIMM; – 184 kontaktli RIMM (RDRAM).


168 kontaktli DIMM xotira moduli eng ko‘p tarqalgan. Barcha yuqori sinf tizimlarda DIMM qo‘llaniladi, chunki ular 64 razryadli hisoblanadi va xotiraning to‘liq banki sifatida qo‘llanilishi mumkin. Pentium 4 protsessori asosida yaratilgan ba’zi zamonaviy va tezkor tizimlar RDRAM RIMM xotiradan foydalanadilar, ularning ishchi ko‘rsatkichlari SDRAM standart xotira ko‘rsatkichlaridan ustun turadi.


DDR (Double Data Rate) SDRAM xotira ma’lumot uzatish tezligi ikkilangan tezkorlikka ega bo‘lib, standart SDRAM xotiraning yangi varianti. Bu model zamonaviy tizimlarda ishlatilayotgan ommaviy tarqalgan xotira tipi sanaladi.
184 kontaktli razyomdan foydalanuvchi DDR DIMM va RDRAM RIMM xotira modullari butkul turlicha joylashgan chiqishlarga ega va bir-birlarining o‘rnini bosa olmaydi. Pentium protsessorli kompyuterda xotiraning to‘liq bankini o‘rnatish uchun ikkita 72 kontakli SIMM yoki bitta 168 kontaktli DIMM xotira kerak bo‘ladi. Xotira modullari juftlikni (chetnosti) tekshirish uchun ishlatiladigan har bir sakkiz razryadga yana bitta qo‘shimcha razryad kirgizishi mumkin.
Bir qator ishlab chiqaruvchilar elektr ta’minoti kuchlanishi oshirilganda yuqori natijalarga erishayotgan maxsus xotira modullarini ishlab chiqarmoqdalar, masalan, DDR3 uchun qonuniy 1,5 V o‘rniga 1,9 V kuchlanishdan foydalanishni taklif qildilar.

Download 472,07 Kb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   131




Download 472,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi

Download 472,07 Kb.