|
Elektr ta’minot bloki bilan g‘ilof
|
bet | 84/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgElektr ta’minot bloki bilan g‘ilof. Elektr ta’minot bloke, odatda, g‘ilofga o‘rnatilgan bo‘ladi. Uning bir qancha modifikatsiyalari mavjud, biroq ATX platalar uchun yangi konstruksiyalar ommaviy tarqalgan. Quyida eng mashhur shakllarning standartlari keltirilgan:
Full Tower (baland minora).
Mini – Tower (kichik minora).
Desktop (stol usti).
Low Profile (yassi g‘ilof, Slimline deb ham ataladi).
G‘ilof harid qilishdan oldin kompyuterga o‘rnatiladigan apparat ta’minotini aniqlab olish zarur.
Shunday qilib, agar sizga kelajakda kompyuterni takomillashtirishda to‘sqinlik qilmaydigan g‘ilof va elektr ta’minot bloki kerak bo‘lsa, shunday konfiguratsiyani tanlangki, u ATX tizimli platalar konstuksiyasini qo‘llab quvvatlasin.
Elektr ta’minot blokini harid qilayotganda, tizimga o‘rnatiladigan qurilmalar sonini hamda is’temol qiladigan kuchlanishni hisobga olish kerak bo‘ladi.
Protsessor. Sotuvda protsessorlarning asosiy ikki turi mavjud: Intel va AMD – «zichlangan» va OEM (Original Equipment Manufacturer – original qurilmalar ishlab chiqaruvchi)-protsessorlari. Bir xil texnik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan turli tipdagi protsessorlar majmualari, masalan, qo‘shimcha komponentlarning bor-yo‘qligi va kafolat muddati bilan farqlanadi.
AMD-«zichlangan» va OEM-protsessorlarning asosiy farqi ularning fizik komponovkasidir. Ushbu ikkala turdagi protsessorlar ham sotuvga qadoqlangan ko‘rinishda keladi. «Zichlangan» Intel yoki AMD protsessorlar ulardan tashqari, issiqlikni qaytargich, sovitish ventilatori, o‘rnatilishi bo‘yicha ko‘rsatma, haqiqiyligi haqidagi sertifikat, kafolat majburiyatlari solingan, yorqin bo‘yoqlar bilan bezatilgan qutilarda hamda bu qutining old qismida «Intel inside» yoki «AMD instead» yelimli qog‘oz yopishtirilgan holda (10.1-rasmda tasvirlangandek) yetkazib beriladi.
OEM protsessorlari 10 tadan 10 qator qilib joylashtirilgan katta qutilarda yetkaziladi. Issiqlikni qaytargich, sovitish ventilatori, o‘rnatilishi bo‘yicha ko‘rsatma, sertifikat, kafolat majburiyatlari kabi hech qanday hujjatlar takdim etilmaydi.
E’tibor qaratishimiz kerak bo‘lgan tizimli platalarda quyidagi razyom qismlari mavjud bo‘lishi kerak:
I kkinchi avlod Intel Pentium 4 protsessorlari uchun – Socket 478;
Athlon 64 protsessorlari uchun – Socket 754;
Athlon, Athlon XP va Duron protsessorlari uchun – Socket A.
Tizimli plata. Tizimli platani tanlash g‘ilof turi va plataning hajmlarini aniqlab beruvchi standartlar bilan belgilanadi.
Hozirda tizimli platalarda ishlatilayotgan zamonaviy standartlar quyidagilar:
|
10.1-rasm. Intel
|
|
| |