|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|
bet | 81/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgShKni yig‘ish
Kompyuterni yig‘ish uchun tarkibiy qismlarni tanlash.
Kompyuterni takomillashtirish uni harid qilingan vaqtdan boshlanadi. Global apgreyd (takomillashtirish) – fundamental komponentlarni ommaviy almashtirilishidan iborat. Takomillasht irishning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin – tezkor xotiraning hajmi yetarlicha bo‘lmasligi, videoadapter unumdorligining pastligi, qattiq disk hajmining yetarli emasligi va boshqalar. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar modulli tizim asosida qurilgan, bu o‘z navbatida takomillashtirishni olib borishni va natijada katta quvvatga ega kompyuterga erishishni ta’minlaydi.
Yangilash strategiyasi yanada kuchli tizimlarga o‘tish modelini tanlashdan iborat. Birinchi navbatda ular, kompyuterdan foydalanish ish tartibi, uning yordamida yechiladigan masalalar doirasi va foydalanuvchining texnik tayyorgarligi darajasi bilan belgilanadi.
Yangi kompyuterni harid qilish yangi tizimning maksimal ishonch liligini ta’minlaydi, ayniqsa agar kompyuter ish quroli sifatida foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lsa. Yangi kompyuterga qo‘yiladigan asosiy talab – barqaror ishlashi. Unga xos bo‘lgan kamchilik hosil qilingan tizim komponentlarining nooptimal muvozanati yuzaga kelishidir.
Muntazam takomillashtirish ish tartibi kompyuterni doimiy ravishda eng ilg‘or darajada saqlash imkonini beradi. Foydalanuvchi asosiy samaradorlikni amaliy masalalarni yechilishidagi yuqori unum dorlikdan emas, uning shaxsiy bilim darajasi va malakasini oshi shidan oladi. Bu strategiyani tanlashda kompyuterni yangilash jarayonini oldindan rejalashtirishga to‘g‘ri keladi.
Byudjetli takomillashtirish agar kompyuter aniq maqsadga mo‘ljallangan va u o‘z vazifasini to‘laqonli bajarayotgan bo‘lsa, iqtisodiy jihatdan eng samarali yechim hisoblanadi. Bunday takomillashtirishdan maqsad, yangilangan kompyuterning maksimal ishlash muddatini eng minimal iqtisodiy chiqim bilan yetarli darajada unumdorligini ta’minlash.
10.1-jadvalda kompyuter tizimidan foydalanishning turli xil jihatlarini uni takomillashtirishning tanlangan tamoyiliga bog‘liq bo‘lgan sifatli baholanishi keltirilgan.
10.1-jadval
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|