|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|
bet | 83/131 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 472,07 Kb. | | #230223 |
Bog'liq Apparat va dasturiy-www.hozir.orgUnumdorlik talabi. Kompyuter tizimining unumdorligini belgilovchi asosiy (kalit) elementlar – bu, ona plata, protsessor, tezkor xotira va videokartadir. Ona plata, unga o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan protsessor, xotira moduli turlari va videoadapter standartlarini aniqlab beradi.
Ona platani to‘g‘ri tanlash ushbu kompyuterning bashorat qilingan vaqt davomida kelajakdagi rivojlanish imkoniyatlarini belgilaydi. Protsessorlarning doimiy takomillashtirilib borilishi, ularni o‘rnatish usullariga bo‘lgan standartning muntazam ravishda o‘zgarishi bilan kuzatiladi.
10.2. Kompyuter komponentlari
Kompyuterning apparatli komponentlari butkul mustaqil hisoblanmaydi. Apparat interfeysiga bo‘lgan standart va kompo nentlarni ulovchi razyomlar komponentalarning modellari singari tez rivojlanib bormoqda.
Takomillashtirishni rejalashtirish vaqtida kompyuterning barcha elementlarini to‘rtta asosiy toifaga ajratish mumkin.
Birinchi toifaga ona plata ta’alluqlidir. U kompyuterning barcha interfeyslarini o‘zida jamlaydi va har qanday komponentlar o‘rtasidagi moslikni belgilab beradi.
Ikkinchi toifaga ona plataning imkoniyatlariga qarab tanlanadigan komponentlar kiradi. Bularga protsessor, xotira modullari, tizimli blok g‘ilofi, videokarta kiradi.
Uchinchi toifaga monitor, disk yurituvchilar, qattiq disklar, tovush kartasi va tashqi qurilmalar (printer yoki skaner) kiradi.
To‘rtinchi toifaga tez ishdan chiqadigan moslamalar, ya’ni katta yuklanish ostida ishlaydigan boshqaruv qurilmalari: klaviatura, sichqoncha, djoystiklar ta’lluqlidir.
Bugungi kunga kelib kompyuterni noldan (yangidan) yig‘ish, avvalgidek qiyin tuyilmaydi. Oddiy ShK ni yig‘ish uchun, odatda, quyidagi, komponentlar ishlatiladi:
elektr ta’minot bloki bilan g‘ilof;
tizimli plata;
protsessor bilan issiqlikni qaytaruvchi element; – xotira.
qattiq magnitli disklardagi jamlagich;
qattiq diskli jamlagich;
CD-ROM/DVD jamlagich;
klaviatura va sichqoncha; – videoadapter va monitor.
tovush kartasi va akustik tizimlar.
ventilator va radiatorlar;
kabellar;
qo‘shimcha komponentlar (vintlar, mahkamlovchi elementlar va h.k.);
operatsion tizim.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb-hunar ta’limi markazi sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xudduiy boshqarmasi sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi
|