papka joylashgan jadvalini chaqirib olamiz. Soʻng [F7]
tugmachasini bosamiz. "Papka yaratish"
degan darcha paydo
boʻladi (3.28-rasm).
3.28-rasm. Yangi papka yaratish darchasi
Unda yangi ochilayotgan papkaning nomi yoziladi va [ENTER]
bosiladi. Buyruq bajarilgandan soʻng ekranda "MK"
nomli yangi
papka paydo boʻladi.
Kerakli diskning mundarijasini panelga chiqarishni biz [Alt],
[F1] va [F2] funksional tugmalari yordamida bajaramiz.
[Alt+F1] tugmalari bosilsa chap panel, [Alt+F2]
tugmalari
bosilsa oʻng panel ustiga disklarning roʻyxati koʻrsatilgan
oʻlchamli ramka chiqadi.
Biror bir diskdagi faylni boshqa diskka koʻchirish uchun [F5]
funksional tugmachasidan foydalaniladi. Buning uchun chap va
oʻng panellarga kerakli disklarning mundarijasi chiqariladi.
Masalan, chap panelda joylashgan diskdagi faylni oʻng
paneldagi
diskka koʻchirilsin. Kursorni koʻchirilayotgan fayl ustiga qoʻyamiz
va [F5] ni bosamiz. Quyidagi darcha paydo boʻladi:
3.29-rasm. Fayldan nusxa koʻchirish
Agar papka nomi koʻrsatilsa, fayl ana shu papka ichiga
yoziladi.
TCda fayllar guruhi ustida bir
qancha amallarni bajarish
mumkin. Buning uchun avval fayllar guruhini ajratib olish kerak.
Fayllar guruhini ajratish uchun [INS] tugmasi fayllar ustida
68
bosiladi, bunda ajratilgan fayl nomi qizil rangda ajralib turadi.
Fayllar guruhini [+] tugmasi yordamida ham ajratish mumkin.
Tanlangan fayllar guruhi ustida
quyidagi amallarni bajarish
mumkin:
‒ [F5] – nusxa koʻchirish,
‒ [F6] – siljitish,
‒ [F8] – oʻchirish buyruqlarini bajarish mumkin.
Koʻp ishlatiladigan funksional tugmachalarning vazifalari:
‒ [F1] – tugmachalar vazifasi haqida, TC qobigʻi
haqida
qisqacha ma’lumot (yordam) olish;
‒ [F2] – panellarni yangilash;
‒ [F3] – faylni koʻrish;
‒ [F4] – faylni tahrir qilish (tuzatish);
‒ [F5] – fayldan yoki fayllar guruhidan nusxa koʻchirish;
‒ [F6]- faylning nomini oʻzgartirish yoki boshqa papkaga
koʻchirish (siljitish);
‒ [F7] – yangi papka yaratish;
‒ [F8] – faylni, fayllarni va papkani oʻchirish;
‒ [F9] – joriy oʻng panel boʻlimini faollashtirish;
‒ [F10]- joriy chap panel boʻlimini faollashtirish;
‒ [Alt -F1] – chap panelga
kerakli disk mundarijasini
chiqarish;
‒ [Alt – F2] – oʻng panelga kerakli disk mundarijasini
chiqarish;
‒ [Alt – F4] – chiqish;