• ABBYY FineReader 10 dasturining asosiy menyulari
  • ABBYY FineReader dasturining imkoniyatlari




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/143
    Sana20.12.2023
    Hajmi10,08 Mb.
    #125484
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   143
    Bog'liq
    O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

    4.2. ABBYY FineReader dasturining imkoniyatlari 
    Skanerdan matnni kompyuter xotirasiga kirtish uchun bir 
    qancha dasturlardan foydalaniladi. Qogʻozli ma’lumotlarni 
    kompyuter xotirasiga kirtish uchun moʻljallangan ABBYY 
    FineReader dasturini va uning imkoniyatlarini koʻrib chiqamiz. 
    Dasturni yuklash uchun quyidagi ketma-ketlikni bajaramiz. “Пуск” 
    ekrani yordamida “Приложения” bandiga kiriladi va dasturlar 
    roʻyxatidan ABBYY FineReader 10 dasturi tanlanadi. Dastur 
    yuklangandan soʻng ekranda quyidagi darcha paydo boʻladi: 
    ABBYY FineReader 10 dasturi quyidagi qismlardan tashkil 
    topgan:
    1 – Sarlavha qatori; 
    2 – Asosiy menyular qatori (Файл, Правка, Вид, Документ
    Страница, Области, Сервис, Справка); 
    3 – Qoʻshimcha amallarni bajarish uchun moʻljallangan maxsus 
    uskunalar paneli (piktogrammalar); 
    4 – Skanerlash turini soʻrovchi darcha. 
    75


    4.7-rasm. ABBYY FineReader 10 dasturi 
    ABBYY FineReader 10 dasturining asosiy menyulari: 
     “Файл” – menyusi FineReader hujjatlari bilan ishlashga 
    moʻljallangan boʻlib, oʻz ichida yangi vazifa, varaqlarni skanerlash,
    PDF va rasmlarni ochish, yangi FineReader hujjati, FineReader 
    hujjatini ochish, FineReader hujjatini saqlash, FineReader hujjatini 
    yopish, hujjatni qaysi koʻrinishda saqlash, tanlangan varaqlarni 
    qaysi koʻrinishda saqlash, hujjatlarni oʻtkazish, rasmlarni saqlash, 
    elektron pochta orqali joʻnatish, bosmaga chiqarish va dasturdan 
    chiqish kabi boʻlimlardan tashkil topgan. Bunda fayl obyektlari 
    bilan ishlash imkoniyati yuzaga keladi. 
    4.8-rasm. ABBYY FineReader 10 dasturining “Файл” menyusi 
    76


     “Правка” – menyusi obyektlar ustida amallar bajarishga 
    moʻljallangan boʻlib, oʻz ichida bekor qilish, tiklash, kesib olish, 
    nusxa olish, olingan nusxani qoʻyish, oʻchirish, barchasini 
    belgilash, qidirish, almashtirish kabi boʻlimlardan tashkil topgan. 
    4.9-rasm. ABBYY FineReader 10 dasturining “Правка” menyusi 
     “Вид” – menyusi dasturning koʻrinishini oʻzgartirishga 
    moʻljallangan boʻlib, oʻz ichida sahifa oynalari, rasm/matn oynasi, 
    keyingi darcha, oldingi darcha, uskunalar paneli, xabarlarni 
    koʻrsatish, xususiyatlar kabi boʻlimlardan tashkil topgan. Bundan 
    tashqari oynalar bilan ishlash va ularning xususiyatlarini sozlash 
    imkonini beradi. Ma’lum bir boʻlimlar oʻzining ichida qoʻshimcha 
    buyrugʻlarni saqlaydi. 
     
    4.10-rasm. ABBYY FineReader 10 dasturining “Вид” menyusi 
     “Документ” – menyusi hujjatlar ustida amallar bajarishga
    moʻljallangan boʻlib, oʻz ichida aniqlash (распознать), hujjatni 
    tahlil qilish, keyingi sahifani ochish, oldingi sahifani ochish, 
    77


    raqamli sahifani ochish, joriy sahifani yopish, sahifalarni nomerlab 
    chiqish kabi boʻlimlardan tashkil topgan. 
    4.11-rasm. ABBYY FineReader 10 dasturining “Документ” menyusi 
     “Страница” – menyusi sahifalar ustida amallar bajarishga
    moʻljallangan boʻlib, oʻz ichida sahifani aniqlash, sahifani tahlil 
    qilish, sahifadagi tasvirlarni tahrirlash, sahifani oʻgirish, matnlarni 
    oʻchirish, hujjatning sahifasini oʻchirish, sahifaning xususiyatlari 
    kabi boʻlimlardan tashkil topgan. 
    4.12-rasm. ABBYY FineReader 10 dasturining “Страница” menyusi 
     “Области” – menyusi soha ustida amallar bajarishga
    moʻljallangan boʻlib, oʻz ichida sohani aniqlash, sohani tahlil 
    qilish, sohani oʻzgartirish, sohani belgilash, sohani oʻchirish, 
    sohani nomerlash, jadvalning tuzilishini tahlil qilish, jadval 
    yacheykalarini birlashtirish, soha andozalarini saqlash kabi 
    boʻlimlardan tashkil topgan. 
    78


    4.13-rasm. ABBYY FineReader 10 dasturining “Области” menyusi 
     “Сервис” – menyusi dastur xizmatlarini boshqarishga 
    moʻljallangan boʻlib, oʻz ichida lugʻatlarni koʻrish, tillar muharriri, 
    andozalar muharriri, uslubllar muharriri, tekshirish, sozlash kabi 
    boʻlimlardan tashkil topgan. 
    4.14-rasm. ABBYY FineReader 10 dasturining “Сервис” menyusi 
     “Справка” – menyusi dastur haqida ma’lumot berishga 
    moʻljallangan boʻlib, oʻz ichida ma’lumot, texnik yordam, 
    yangilanishni tekshirish, ABBYY uy sahifasi, dastur haqida kabi 
    boʻlimlardan tashkil topgan. 
    79


    4.15-rasm. ABBYY FineReader 10 dasturining “Справка” menyusi 

    Download 10,08 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   143




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ABBYY FineReader dasturining imkoniyatlari

    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish