• 4.4. Elektron hujjatlarni Microsoft Word dasturi yordamida qayta ishlash Microsoft Word
  • Lugʻatlarni toʻldirish va sozlash




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/143
    Sana20.12.2023
    Hajmi10,08 Mb.
    #125484
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   143
    Bog'liq
    O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

    Lugʻatlarni toʻldirish va sozlash. Promt Editor 8 dasturi 
    tarkibiga kiritilgan lugʻatlar ancha boy ekanligiga qaramay, 
    hujjatlarda uchrovchi hamma soʻzlar kiritilganligini kafolatlab 
    boʻlmaydi. Notanish soʻzlarni dastur qizil rangda ajratib koʻrsatadi. 
    Lekin hamma notanish soʻzlar ham lugʻatga kiravermaydi. Ular 
    orasida band qilish lozim boʻlgan soʻzlar ham uchrashi mumkin. 
    Shuningdek bu soʻzlar toʻgʻri yozilganligini tekshirib koʻrish 
    kerak. Agar lugʻat haqiqatan ham toʻliq boʻlmasa, unda soʻzni 
    iste’mol lugʻatiga qoʻshish mumkin. 
    Lugʻatni malakali tarzda toʻldirish juda muhim va masuliyatli 
    tadbir. Lugʻatning xaddan ziyod zichligi tarjima sifatini pasaytirishi 
    mumkin.
    4.4. Elektron hujjatlarni Microsoft Word dasturi yordamida 
    qayta ishlash 
    Microsoft Word – yoqori darajali matn muharriri, bu dastur 
    har qanday qiyinchilikdagi hujjatlarni tayyorlashda keng 
    qoʻllaniladi. Bu dastur dunyoda eng koʻp foydalaniladigan 
    dasturlar safiga kiradi. Word matn muharriri tezkor buyruqlar va 
    zamonaviy vositalarni (grammatik, orfografik xatolarni tekshirib 
    boruvshi) oʻz ichida mujassamlashtirgani sababli har qanday xat va 
    hujjatlarni bexato yozish imkonini beradi. 
    MS Word – matnli va grafikli ma’lumotlar ustida yuzdan ortiq 
    operatsiyalarni bajaruvchi, hamda matnli protsessorlar sinfiga 
    kiruvchi eng takomillashgan amaliy dasturlardan biri hisoblanadi. 
    Shunday qilib, Word matn muharriri koʻmagida rus va ingliz 
    tilida har xil hujjatlar, xat, hisobot, maqola, tijorat xabarlari kabi bir 
    turkum matnli ma’lumotlarni zudlik bilan tayyorlash va chop qilish 
    mumkin. Bu matn muharriri yordamida oʻzbek shriftida va lotin 
    alifbosi asosida, oʻzbek tilida har xil ma’lumotlarni osonlik bilan 
    tayyorlash mumkin. 
     
    Word matn muharriri imkoniyatlari: 
     Matnni kiritish, tahrir qilish va koʻzdan kechirish; 
     Qator oraliqlari abzatsini oʻrnatish; 
    90


     Avtomatik tarzda matnni sahifalarga boʻlish; 
     Matn qismni ajratish va uni kerakli joyga nusxalash; 
     Hujjat mundarijasini tuzish; 
     Matematik, kimyoviy formulalarni yozish; 
     Bir vaqtda bir nechta oynada hujjat tayyorlash; 
     Matnda har xil shakl, grafik va rasmlardan foydalanish; 
     Turli ma’lumotli jadvallar tuzish; 
     Avtofiguralar chizish, titul varaqalarini jihozlash va shu 
    kabi yana bir turkum ishlarni bajarishi mumkin; 
    Word dasturi quyidagicha ishga tushiriladi: “Пуск” ekrani 
    yordamida “Приложения” bandiga kiriladi va dasturlar 
    roʻyxatidan Microsoft Word 2013 dasturi tanlanadi. Natijada 
    ekranda dastlab MS Wordning ishchi oynasi paydo boʻladi
    32

    4.36-rasm. MS Word 2013 ning umumiy koʻrinishi 
    Microsoft Word dasturi quyidagi qismlardan tashkil topgan:
    1-Sarlavha qatori (Документ1.docx); 
    2-Tezkor murojaat etish panelini sozlash boʻlimi;
    32
    Beth Melton. Microsoft Office Professional 2013. Step by Step. USA 2013. P 
    117-118. 
    91


    3-Asosiy menyular qatori; (Файл, Главная, Вставка, Дизайн, 
    Разметка страницы, Ссылки, Рассылки, Рецензирование, Вид); 
    4- Qoʻshimcha amallarni bajarish uchun moʻljallangan maxsus 
    uskunalar paneli (piktogrammalar); 
    5-Ishchi maydon; 
    6-Aylantirish tasmasi; 
    7-Dastur holatini koʻrsatib turuvchi qismi. 
    Ishni yangi hujjat yaratish yoki mavjud hujjatni ochishdan 
    boshlaymiz. Yangi hujjat yaratishda biz tayyor andozalardan birini 
    tanlashimiz yoki boʻsh (toza) hujjat hosil qilishimiz mumkin. 
    Word dasturini ishga tushirganimizda u bizga turli andozalar 
    roʻyxatini taklif etadi. Ish jarayonida bu roʻyxatni koʻrish uchun, 
    “Файл” menyusidan “Создать” buyrugʻini tanlash kerak boʻladi
    33

    4.37-rasm. Yangi hujjat yaratish oynasi 
    Boʻsh yangi hujjat hosil qilish uchun “Новый документ” 
    ilovasini tanlaymiz yoki ESC tugmasini bosamiz. 
    Shunindek, yaratilayotgan hujjatning mavzusidan kelib chiqib 
    mavjud andozalardan birini tanlash mumkin. Agar andozalar 
    33
    Beth Melton. Microsoft Office Professional 2013. Step by Step. USA 2013. P 
    118-119. 
    92


    orasidan keraklisi topilmasa, unda uni onlayn izlash va yuklab olish 
    mumkin. 
    4.38-rasm. Andozani onlayn qidirish darchasi 
    Izlangan andoza topilgandan soʻng uning ustiga sichqoncha 
    tugmasini ikki marta bosib andozani faollashtiramiz.
    4.39-rasm. Yangi koʻrinishdagi andoza 
    Andoza bilan tanishuv oynasidan eskiz ustiga sichqonchani ikki 
    marta bosish yoki “Создать” buyrugʻini tanlash orqali ushbu 
    andoza asosidagi hujjat yaratiladi. 
    Agar tanlangan andozadan tez-tez foyda-
    lanish zaruriyati boʻlsa, unda eskizning 
    pastki oʻng burchagidagi tugma belgisini 
    bosib qoʻyish lozim. Shunda Word dasturi 
    ishga tushganda har doim koʻrinib turadi. 
    4.40-rasm. Yangi koʻrinishdagi andozani 
    qoʻshish 
    Mavjud hujjatni ochish uchun “Файл” 
    menyusidan “Открыть” buyrugʻini tan-
    laymiz. Bunda bizga bir necha havolalar 
    taklif etiladi
    34

    34
    Beth Melton. Microsoft Office Professional 2013. Step by Step. USA 2013. P 
    119-120. 
    93


     Oxirgi yaratilgan yoki tahrirlangan fayllar roʻyxati 
    4.41-rasm. Oxirgi yaratilgan fayllar roʻyxati 
     OneDrive virtaul disk sohasidagi fayllar roʻyxati (undan 
    foydalanish uchun https://profile.live.com adresidan roʻyxatdan 
    oʻtish kerak). 

    4.42-rasm. OneDrive virtaul disk 
     Lokal kompyuterdagi fayllar 
    4.43-rasm. Lokal kompyuterdagi fayllar 
    94


    Bundan tashqari turli boshqa virtaul manzillarni ham qoʻshish 
    mumkin. 

    Download 10,08 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   143




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish