• Axborotlarni uzatish.
  • Axborot resurslarini yaratish jarayonlari




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/143
    Sana20.12.2023
    Hajmi10,08 Mb.
    #125484
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
    Bog'liq
    O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

    1.2. Axborot resurslarini yaratish jarayonlari 
    Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi 439-II 
    son “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi 
    Qonuniga binoan, axborot – manbalari va taqdim etilish shaklidan 
    qat’iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va 
    jarayonlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlardir. 
    Axborot keng qamrovli tushuncha boʻlib, unga quyidagicha 
    ta’riflar berish mumkin: 
    1. Dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon kabi obyektlar 
    haqidagi axborot, hamda tushunchalar yoki buyruqlar; 
    2. Ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega tushunchalarni ichiga 
    olgan dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi 
    obyektlar haqidagi axborotlar majmui; 
    3. Qiziqish uygʻotishi mumkin boʻlgan, saqlanishi va qayta 
    ishlanishi lozim boʻlgan jami dalil va ma’lumotlar. Kitob matni, 
    ilmiy formulalar, bank hisob raqamidan foydalanish va toʻlovlar, 
    dars jadvali, oʻlchash majmualarining yer va fazo stansiyasi 
    oʻrtasidagi masofa toʻgʻrisidagi ma’lumotlar va hokazolar axborot 
    boʻlishi mumkin. 
    Axborotlarni uzatish. Axborotni uzatish deganda ehtiyojdan 
    kelib chiqib, uni bir kishidan ikkinchi kishiga yoki bir 
    kompyuterdan ikkinchi kompyuterga turli vositalar yordamida 
    yetkazib berish tushiniladi. Axborotlarni uzatishning turli xil 
    usullari mavjud boʻlib, ular kompyuter dasturlari yordamida, 
    pochta orqali, transport vositalari yordamida, aloqa tarmogʻi orqali 
    uzatish mumkin. Aloqa tarmogʻi orqali axborotlarni qisqa vaqt 
    11


    ichida uzoq masofaga uzatish mumkin. Bunda ma’lumotlarni 
    uzatish vaqti sezilarli darajada qisqaradi. 
    1.1-rasm. Axborot uzatish 
    Inson oʻz sezgi organlari orqali atrofda boʻlayotgan voqea va 
    hodisalar toʻgʻrisida axborot oladi. Demak, axborot bu insonni 
    sezgi organlari orqali uning ongiga yetib boruvchi signaldir.
    Bunga misol qilib, eshitish, koʻrish va sezishni olish mumkin.
    Axborot manbalari va iste’molchilarining har xilligi axborot 
    shaklining turli koʻrinishda boʻlishiga olib keladi. Bular:
     Belgili – turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar. Bular 
    biror 
    voqea 
    hodisalar 
    haqidagi 
    axborotlarni 
    uzatishda 
    foydalaniladi.
     Matnli – harf, raqam va belgilar toʻplamidan tarkib topgan 
    ma’lum ma’noni anglatuvchi soʻzlardan iborat axborot.
     Grafik – tasvirlardan iborat boʻlgan tasavvur koʻrinishidagi 
    axborotlar.
     Tovush – eshitish qobiliyati orqali qabul qilinadigan gap, 
    musiqa, turli shovqin effektlar kabi axborotlar.
     Video – lotin tilidan qarayman, koʻrayapman ma’nosini 
    bildirib harakat va tovush effektlariga ega boʻlgan axborotlardir.
    Axborot atrof-muhit obyektlari va hodisalari, ularning 
    oʻlchamlari, xosiyatlari va holatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlardir. 
    Keng ma’noda axborot insonlar 
    oʻrtasida ma’lumotlar 
    ayirboshlash, 
    odamlar 
    va 
    qurilmalar 
    oʻrtasida signallar 
    ayriboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir.
    12


    1.2-rasm. Axborot turlari 
    Ma’lumotlarga u yoki bu sabablarga koʻra foydalanilmaydigan, 
    balki faqat saqlanadigan axborotlar sifatida qarash mumkin. Agar 
    bu ma’lumotlardan biror narsa toʻgʻrisidagi mavhumlikni 
    kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tugʻilsa, ma’lumotlar 
    axborotga aylanadi. Shuning uchun axborotni foydalaniladigan 
    ma’lumotlar, deb atasa ham boʻladi.
    Hozirgi paytda axborotni qanday tushunish haqida quyidagicha 
    nuqtai nazarlar yuzaga kelgan:
    Axborot – iqtisodiyotning barcha tarmoqlari iste’mol etuvchi 
    zaxira boʻlib, energetika yoki foydali qazilmalar zaxiralari kabi 
    ahamiyatga ega. Jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika, 
    texnologiya, madaniyat, san’at, tibbiyot kabilarning turli masalalari 
    haqidagi mavjud ma’lumotlar, axborot zaxiralaridan foydalanishni 
    tashkil etish intellektual va iqtisodiy hayotga tobora koʻproq ta’sir 
    koʻrsatmoqda.
    Axborot – fan va texnika rivojlanishi natijalari haqidagi fan-
    texnika ma’lumotlari yigʻindisidir. Boshqacha aytganda, axborot, 
    mazkur talqinga binoan, fan-texnika faoliyati axborot xizmati 
    tizimining ma’lumot maxsuli va “xom-ashyo” sidir.
    Axborot zaxiralari – alohida hujjat va alohida hujjat toʻplami, 
    axborot tizimlari – kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari, 
    boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar va hujjatlar toʻplamidir.
    Axborot ham kattalik boʻlib uning oʻlchov birliklari mavjud. 
    Axborotning oʻlchov birliklari axborot hajmi va oqimining katta 
    kichikligini baholash uchun xizmat qiladi. 
    13


    1-jadval. Axborotning oʻlchov birliklari 

    Download 10,08 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot resurslarini yaratish jarayonlari

    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish