1.5-rasm. Koʻlami boʻyicha axborot tizimlari boʻlinishi
Yakka
tartibdagi
axborot
tizimlari
avtonom
shaxsiy
kompyuterlarda (tarmoqdan foydalanilmaydi) amalga oshiriladi.
Bu turdagi axborot tizimlari bir ish oʻrni uchun unchalik murakkab
boʻlmagan amaliy dasturlar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu
amaliy dasturlar ma’lumotlar bazasini
boshqarish tizimlari
yordamida ishlab chiqiladi. Bunday tizimlarga misol qilib Clarion,
Clipper, FoxPro, Paradox, dBase va Microsoft Access keltirish
mumkin.
Guruh tartibdagi axborot tizimlari lokal hisoblash tarmoqlariga
asoslangan boʻlib, undan ishchi guruh xodimlari jamoa boʻlib
ishlashda foydalaniladi. Bu turdagi amaliy
dasturlarni yaratishda
guruhlarga
moʻljallangan
server
ma’lumotlar
bazasidan
foydalaniladi. Server ma’lumotlar bazasiga SQL server Oracle,
DB2,
Microsoft SQL Server, InterBase, Sybase,
Informix
tizimlarini misol keltirish mumkin.
Korporativ axborot tizimlari ishchi guruhlar uchun rivojlangan
tizim hisoblanadi va yirik kompaniyalar uchun ishlab chiqilib,
geografik jihatdan taqsimlangan
va tarmoqdagi abonentlarni
qoʻllab-quvvatlash mumkin. Ular bir necha darajadagi ierarxik
tuzilishga ega. Bunday tizimlarni
loyihalashtirishda server
ma’lumotlar bazasidan foydalaniladi. Keng koʻlamli axborot
tizimlari
uchun tarqalgan Oracle Server, DB2 va Microsoft SQL
Server tizimlarini misol keltirish mumkin.