• Portativ kompyuterlar
  • Shaxsiy kompyuterlar
  • Server kompyuterlar
  • Super kompyuter
  • Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/143
    Sana20.12.2023
    Hajmi10,08 Mb.
    #125484
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   143
    Bog'liq
    O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

    Mini kompyuterlar – oʻlchami va bajaradigan amallar hajmi 
    jihatidan kichik hisoblanadi. Bu turdagi kompyuterlarni ekrani 
    orqali boshqariladi. Ekran klaviatura vazifasini bajaradi. Bu turdagi 
    kompyuterlardan har xil ilovalar bilan ishlash, Internet tarmogʻdan 
    foydalanish uchun keng qoʻllaniladi. 
    2.1-rasm. Mini kompyuter 
    Portativ kompyuterlar (Notebook, Netbook) – bunday turdagi 
    kompyuterlaning ekrani va asosiy bloki birlashgan boʻlib mobil 
    foydalanishga juda qulay hisoblanadi. Portativ kompyuterlar hajmi 
    ancha ixcham boʻlib, u ekran, klaviatura va sichqoncha vazifasini 
    bajaruvchi qurilmadan iborat. Ularning qulaylik tomonlaridan biri 
    ham elektr energiyasidan va ichiga oʻrnatilgan batareyalarda ham 
    uzluksiz 
    (batareyani 
    har 
    safar 
    almashtirmasdan) 
    ishlash 
    mumkinligidir. 
    Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan oʻzi zaryad 
    ola boshlaydi va u batareya bir necha yillarga moʻljallangan 
    boʻladi. Hozirda bunday noutbuklarni Apple, Acer, Toshiba, Asus, 
    Samsung, Lenovo va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda. 
    26


    2.2-rasm. Nootebook kompyuter 
    Shaxsiy kompyuterlar – uyda va ish joyida turli masalalarni 
    yechishda foydalaniladigan kompyuterlar. Axborotlarga ishlov 
    berish tezligi va xotira tizimi ish faoliyatimizdagi oddiy 
    masalalarni yechishga yetarli hisoblanadi. 
    2.3-rasm. Shaxsiy kompyuter 
    Server kompyuterlar – bu turdagi kompyuterlar tarmoqdagi 
    foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish va tarmoqdagi boshqa 
    kompyuterlarga oʻz resurslarini taqdim etish uchun moʻljallangan. 
    Koʻp tarmoqlar serverlardan foydalanadilar. Server kompyuterlar 
    katta va yuqori quvvatli boʻlib, katta hajmdagi axborotlarni 
    ma’lumotlarni qayta ishlash uchun moʻljallangan. Server 
    kompyuterlar katta xonalarda yoki binolarda saqlanadi va moʻtadil 
    havo harorati sovutish tizimlari orqali nazorat qilib turiladi.
    27


    2.4-rasm. Server kompyuter 
    2.5-rasm. Super kompyuter 
    Super kompyuter – katta va eng kuchli kompyuter turi boʻlib, 
    katta xonalarni va ba’zida bir nechta qavvatlarni tashkil etadi. 
    Superkompyuterlar kriptoanaliz, molekulalarni modellashtirish, ob-
    havo ma’lumotlarini bashoratlash va iqlim kartografiyasi sohasida 
    keng qoʻllaniladi. Superkompyuterlar hukumat ishlarida va 
    akademik ilmiy tadqiqotlarda yuqori texnologiyalar asosida keng 
    foydalaniladi
    7
    .
    7
    Faithe Wempen. Computing Fundamentals IC3 EDITION. John Wiley & Sons 
    Ltd, United Kingdom. 2014. P 13-16. 
    28


    Superkompyuterlar juda katta tezlikni talab qiladigan va katta 
    hajmdagi masalalarni yechish uchun moʻljallangan tizimdir. 
    Hozirgi kunda Xitoy davlati tomonidan yaratilgan “Sunway 
    TaihuLight” nomli superkompyuter dunyodagi eng tezkor 
    hisoblanadi. Bu superkompyuter 93 petaflops (
    15
    93*10 ) hisoblash 
    tezligiga ega.

    Download 10,08 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   143




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari

    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish