Qoʻshimcha tugmalar;
Funksional tugmalar;
Maxsus tugmalar;
Indikator chiroqchalari.
Sichqoncha – (ingl. mouse –
sichqon) manipulyator boʻlib,
biror tekislik boʻylab yurgʻizilganda
ostidagi lazer nuri harakat
haqidagi ma’lumotni kompyuterga uzatadi va ekrandagi kursor
mos yoʻnalishlarda harakatlanadi.
2.3. Kompyuterning qoʻshimcha qurilmalari
Kompyuterning asosiy qurilmalaridan tashqari qoʻshimcha
qurilmalari ham mavjud. Kompyuterning qoʻshimcha
qurilmalari
quyidagilar:
1. Modem – (abbr. modulyator, demodulyator)
kompyuter
signallarini
telefon
signallariga
aylantiruvchi va aksincha
telefon signallarini
kompyuter signallariga aylantiruvchi qurilma. Ya’ni
modem telefon
tarmoqlari
orqali
kompyuterlarni
oʻzaro
bogʻlashni
ta’minlovchi qurilmadir.
2. Skaner – axborotlarni ya’ni, rasm,
grafika va boshqa axborotlarni kompyuter
xotirasiga kiritish va saqlash uchun
ishlatiladi.
Hewlard Packard, Epson,
Canon firmalarining
skanerlari dunyoga
mashhur.
4. Printer – kompyuter xotirasidagi
oldindan belgilingan axborotni qogʻozga
bosib
chiqarish
uchun
moʻljallangan.
Hamma bosib chiqarish
qurilmalari matnli
axborotlarni,
chizma
koʻrinishdagi
axborotlarni, ya’ni rasmlar, grafiklar va
boshqa axborotlarni ham chiqara oladi.
Printerlarning 3 xil koʻrinishi mavjud:
Matritsali;
32
Purkagichli (siyohli);
Lazerli;
Matritsali printer bosib chiqarish qurilmasi boʻlib, uning yozish
qoidasi quyidagichadir: bosib chiqarish qurilmasini yozuv
qalpoqchasi ingichka metall sterjen (igna)lar
vertikal qatoridan
iborat boʻlib, qalpoqcha yozilayotgan qator boʻyicha harakat qiladi,
ignachalar esa boʻyaydigan tasma orqali kerakli lahzada qogʻozga
uriladi.
Purkagichli (siyohli) – bunday printerlar maxsus (rangli va
rangsiz) siyohlarni purkash yoʻli bilan ishlagani uchun ular siyohli
deb ataladi. Bu printerlarning turli ranglarda chop qilish sifati tiniq
va ravshan boʻlib, ularning kamchiligi siyohining tez tamom boʻlib
qolishi va uning nozikligidir. Bu printerlar matnlarni nisbatan tez,
grafik tasvirlarni esa sekinroq chop etadi.
Lazerli printer hozirgi paytda eng koʻp foydalaniladigan bosib
chiqarish qurilmasi boʻlib, kundalik hayotda
ishlatish uchun qulay
hisoblanadi. Bu turdagi printer ma’lumotlarni katta haroratda
siyohni kuydirish yoʻli bilan qogʻozga tushiradi.