– plazmali monitorlar
.
Tizimli blok odatda desktop (yassi)
yoki town
(minora) koʻrinishida ishlab chiqariladi. Tizimli blok –
kompyuterning asosiy qurilmasi boʻlib u
quyidagi qismlardan tashkil topgan:
– Ona plata (ingl. Motherboard yoki ingl.
mainboard – Asosiy plata; materinka) shaxsiy
kompyuterning asosiy komponentlari
(Markaziy protsessor, tezkor xotira kontrolleri,
yuklanuvchi
doimiy xotira, BIOS kontrollerlari) oʻrnatiladigan plata.
– Markaziy protsessor (ingl. central
processing unit – CPU, markaziy hisoblash
qurilmasi); Markaziy protsessor millionlab
tranzistorlar
va
yoʻlakchalardan
iborat
tashkil top-
gan, boʻlib u oldindan kiritilgan yoʻriqnoma asosida
ma’lumotlarni tezkor qayta ishlashga moʻljallangan.
Markaziy protsessor oʻz ichiga
quyidagi komponentalarni
oladi
9
:
Boshqarish blogi. Markaziy protsessor orqali axborotlar
oqimini boshqarish.
Arifmetik va mantiqiy amallarni bajaruvchi qismi.
Axborotlarni qayta ishlashlaydi va natija chiqaradi.
Registrlar. Yoʻriqnomalar va axborotlarni saqlashga
moʻljallangan. Registrlarni bir nechta turlari mavjud boʻlib,
ma’lum bir maqsadga moʻljallangan.
Har bir dastur buyruqlar ketma – ketligidan tashkil topadi.
Protsessor shu buyruqlarni bajaradi. Protsessorlar oʻta katta integral
sxemalar asosida quriladi. Protsessor tezligi 1 sekundda
bajaradigan amallar soni bilan belgilanadi va u Hz (gerts) larda
oʻlchanadi. Protsessorning bir vaqtning oʻzida
necha bit bilan
ishlashi uning razryadini belgilaydi. Hozirgi kunda 32, 64 razryadli
protsessorlar keng qoʻllanilmoqda.
9
Faithe Wempen. Computing Fundamentals IC3 EDITION. John Wiley & Sons
Ltd, United Kingdom. 2014. p 34-35.
30
– Tezkor xotira (RAM – Random
Access
Memory
tanlov
asosida
ixtiyoriy qismiga murojaat qilinadigan
xotira) bu qurilma registrlardan tashkil topgan. Registr – bu
ma’lumotlarni ikkilik shaklda vaqtinchalik saqlovchi qurilma.
Tezkor xotira kompyuterga kiritilgan boshlangʻich, oraliq
ma’lumotlarni, hisoblash natijalarini va masalani yechish dasturini
saqlab turish uchun xizmat qiladi. Xotira qurilmasi sigʻimi va
murojaat qilish vaqti bilan xarakterlanadi. Xotira sigʻimi odatda
bayt, Mbayt, Gbaytlarda oʻlchanadi, murojaat qilish vaqti esa
ma’lumotlarni kiritishni boshlash va
uni tugatishga ketgan vaqt
bilan oʻlchanadi
– Qattiq disk (Vinchester, HDD ingl. Hard
Disk
Drive
– qattiq disk qurilmasi)
kompyuterning tashqi xotirasi boʻlib, sistema
blokiga
oʻrnatiladi, hamda ma’lumotlarni
saqlashda ishlatiladi.
Vinchestor
deganda,
silindrsimon
germetik
idishda
joylashtirilgan, bir oʻqqa mustahkamlangan ustma – ust disklar
majmui tushuniladi.
– Blok pitaniya – kompyuterni elektr toki bilan ta’minlab
turish uchun foydalaniladigan qurilma.
– Kuller – kompyuter qurilmalarini qizib ketishidan asraydigan
qurilma.
– Disk yurituvchi (diskovod, DVD-ROM) – axborotni disketa
va lazer disk-lariga yozish, shuningdek,
unga yozilgan axborotni
oʻqish uchun ishlatiladi.
– Videokarta – axborotni monitorga chiqarib berish uchun
keng
foydalaniladi.
Videokarta
monitor
ekraniga
video
ma’lumotlarni (video tasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi.