• Test savollari 1. Printerning necha xil turi mavjud a) 4 b) 3 c) 5 d) 6 2. Hisoblash mashinalarining nechta avlodi mavjud
  • 4. CD disk qanday disklar toifasiga kiradi
  • Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/143
    Sana20.12.2023
    Hajmi10,08 Mb.
    #125484
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   143
    Bog'liq
    O zbeкiston respubliкasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi m

     
    II bobga doir savollar 
    1. Kompyuterning asosiy qismlari va ularning vazifalari 
    nimalardan iborat? 
    2. Kompyuterda mavjud boʻlgan xotira turlari? 
    3. Kompyuterning texnik imkoniyati deganda nimalarni 
    tushunasiz? 
    4. Kompyuterning 
    tashqi 
    qurilmalarining 
    vazifalari 
    nimalardan iborat? 
    5. Bulutli texnologiyalar haqida nimalarni bilasiz? 
    Test savollari 
    1. Printerning necha xil turi mavjud? 
    a) 4 
    b) 3 
    c) 5 
    d) 6 
    2. Hisoblash mashinalarining nechta avlodi mavjud? 
    a) 4 
    b) 3 
    c) 5 
    d) 6 
    3. Bulutli texnologiyani masshtablashtirishning qanday 
    usullari mavjud?
    a) Dasturiy va texnik 
    b) Koʻlamli va koʻlamsiz 
    c) Serverli va bulutli 
    d) Gorizontal va vertikal
    4. CD disk qanday disklar toifasiga kiradi? 
    a) Kompact 
    b) Optik 
    c) Magnit 
    d) Compos 
    40


    III BOB. AXBOROT JARAYONLARINING DASTURIY 
    TA’MINOTI. OPERATSION TIZIMLAR 
     
    Tayanch soʻzlar: operatsion tizim, foydalanuvchi, resurs, 
    interfeys, fayl, papka, fayl tizimi, operatsion tizim qobigʻi, 
    moslanuvchanlik, xavfsizlik
     
    3.1. Operatsion timzimlar haqida ma’lumot 
    Tizimning dasturiy ta’minoti BIOS, operatsion tizim va 
    utilitalarni oʻz ichiga oladi. Utilitalar tizimga xizmat koʻrsatish va 
    himoya masalalarini amalga oshiradi, masalan xatolarni toʻgʻrilash 
    va fayllarni rezervlash. 
    BIOS kompyuterning ona platisiga joylashtirilgan dasturiy 
    ta’minot hisoblanadi. BIOS kompyuter ishga tushishi bilan barcha 
    apparat vositalarni toʻgʻri ishlayotganini tekshiradi, ya’ni markaziy 
    protsessorni, tezkor xotirani va ona platani. Barcha apparat 
    qurilmalar testdan oʻtgandan soʻng BIOS operatsion tizimini 
    yuklaydi.
    BIOS kompyuterning boshlangʻich amalarini bajaradi, lekin 
    asosiy amallarni ya’ni, foydalanuvchi buyrugʻlarini amalga 
    oshirish va tizimni boshqarishni operatsion tizim bajaradi
    15

    Operatsion tizim bu – kompyuter bilan foydalanuvchi oʻrtasida 
    muloqot oʻrnatib beruvchi dasturiy ta’minotdir. Operatsion tizim 
    (OT) kompyuterni va uning resurslarini boshqaradi va boshqa 
    dasturlarni ishga tushiradi. Кompyuter resurslari ikki xil: fizik va 
    dasturiy resurslarga boʻlinadi. Fizik resurslar bu: 
    – protsessor; 
    – tezkor xotira; 
    – doimiy xotira; 
    – vinchester; 
    – monitor; 
    – tashqi qurilmalar; 
    – va shu kabilar kiradi. 
    15
    Faithe Wempen. Computing Fundamentals IC3 EDITION. John Wiley & Sons 
    Ltd, United Kingdom. 2014. p 109-110. 
    41


    Dasturiy resurslar bu: 
    – kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar; 
    – kompyuter ishlashini ta’minlaydigan boshqaruvchi dasturlar; 
    – berilganlarni tahlil qiluvchi dasturlar; 
    – drayverlar; 
    – virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va 
    boshqaruvchi dasturlar;
    – va shu kabilardir. 
    Hozirgi kunda har xil turdagi operatsion tizimlar mavjud, ular 
    superkomyuterlardan 
    to 
    minikompyuterlargacha 
    oʻrnatilgan. 
    Microsoft Windows, UNIX va Linux operatsion tizimlari Intel 
    platformasida ishlaydi. Undan tashqari Apple mahsulotlari iPad va 
    iPhone Makintosh platformasini qoʻllab quvvatlaydi. Apple iOS 
    operatsion tizimida ishlaydi.
    Operatsion tizim kompyuter bilan foydalanuvchi oʻrtasida 
    qulay interfeys yordamida muloqot qilish imkoniyatini beradi. 
    Operatsion tizim obyektga moʻljallangan grafik interfeysli yoki 
    matnga moʻljallangan komandali interfeys koʻrinishida boʻladi
    16

    Obyektga moʻljallangan grafik interfeysi – foydalanuvchi 
    interfeysi boʻlib, grafik obyektlarni qurilmalar bilan boshqarish 
    imkoniyatini yaratadi. Matnga moʻljallangan komandali interfeysda 
    – foydalanuvchilar barcha buyruqlarni klaviatura orqali matn 
    yordamida kiritiladi.
    Operatsion tizimini quyidagi sinflarga boʻlish mumkin: 
     Bir vaqtni oʻzida ishlayotgan foydanlanuvchilar soniga 
    qarab: bir foydalanuvchi, koʻp foydalanuvchi. 
     Protsessorlar soniga, bir vaqtda sistema boshqarishi ostida 
    masalalarni bajarishiga: bir masalali, koʻp masalali. 
     Protsessorlarni soniga qarab: bir protsessorli, koʻp 
    protsessorli. 
     Operatsion tiziminig kodining razryadiga qarab: 32- 
    razryadli, 64- razryadli.
    16
    Faithe Wempen. Computing Fundamentals IC3 EDITION. John Wiley & Sons 
    Ltd, United Kingdom. 2014. p 111-112. 
    42


     Interfeysni turiga qarab: komandali (matnli) va obyektga 
    moʻljallangan grafikli. 
     Resurslarni turini ishlatilishiga qarab: tarmoqli, lokal. 

    Download 10,08 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   143




    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari

    Download 10,08 Mb.
    Pdf ko'rish