Microsoft Access 2013 dasturida jadvallar yaratish. Jadval
tuzish
– bu ma’lumotlarning oʻziga xos xususiyatlarini e’tiborga
olgan holda uning maydonlarini ifodalash. Bu jarayon Microsoft
Access 2013 dasturida “Файл” menyusidan “Создать” buyrugʻini
bosish bilan boshlanadi va ekranda quyidagi muloqot darchasi
paydo boʻladi:
5.13-rasm. MB yaratishning boshlangʻich
holati
Yangi hujjat yaratishda biz tayyor andozalardan birini
tanlashimiz (Пользовательские веб-приложение) yoki boʻsh
ma’lumotlar bazasi (Пустая база данных) hosil qilishimiz
mumkin. Ishni boʻsh ma’lumotlar bazasi (Пустая база данных)
hosil qilishdan boshlaymiz. Yangi MB yaratishni tanlaganimizdan
soʻng MS Access dasturida jadval tuzishning bir qator usullari
taklif qilinadi:
1. “Режим таблицы” (Jadval rejimida) – bunda jadval tuzish
oddiy mexanik usulda yaratiladi va ekranda formal nomlarda jadval
maydonlari paydo boʻladi. “Поле1”, “Поле2”, “Поле3” . . . va
standart matnli maydon turi akslanadi va ularga ma’lumot kiritish
imkoniyati paydo boʻladi.
2.
5.14-rasm. “Режим таблицы” tartibida
jadval yaratish
148
2. “Конструктор” tartibida jadval yaratish. “Конструктор”
tartibini tanlasak, u holda maydonlar nomi ularning turi va
xossalari kabi parametrlarni kiritish mumkin boʻlgan muloqot
darchasi paydo boʻladi. Ushbu muloqot darchasida bu parametrlar
barchasi klaviatura yordamida qoʻlda
kiritiladi yoki keraksiz
maydonlar olib tashlanadi, yoxud ba’zi maydonlarning turini
oʻzgartirish kabi amallarni bajarish mumkin boʻladi.
5.15-rasm. “Конструктор” tartibida jadval yaratish
“Режим таблицы” (Jadval rejimida) tartibida jadval yaratish
ketma-ketligini koʻrib chiqamiz. “Поле 1”, “Поле 2”, “Поле 3”
maydonlariga kerakli ma’lumotlar, ya’ni
talabaning familiyasi,
ismi, tugʻilgan sanasi, guruhi, oʻzlashtira olmagan fanlarining
roʻyxati kiritiladi. Jadvaldagi barcha oʻzgarishlar avtomatik
ravishda real vaqt holatida saqlanadi. Real vaqt holatida jadval
bilan ishlash jarayonida uzluksiz saqlash davom etadi. Birinchi
maydonga ma’lumotlarni kiritish toʻxtatilgach, 2-maydonga
oʻtiladi, shu vaqtda ma’lumotlar vinchestrga
yozila boradi va
avtomatik ravishda saqlanadi. Natijada ekranda quyidagi darcha
hosil boʻladi.
5.16-rasm. “Режим таблицы” tartibida jadvalni toʻldirish
149
“Конструктор” tartibida jadval yaratish ketma-ketligini koʻrib
chiqamiz. “Конструктор” rejimi tanlangandan soʻng ekranda
“Имя поля”, “Тып данных”, “Описания” boʻlimlaridan iborat
muloqot darchasi paydo boʻladi. “Имя поля” qismiga maydonning
oʻziga xos nomi beriladi, ya’ni talabaning familiyasi, ismi, sharifi,
tugʻilgan sanasi, guruhi, stipendiyasi, qarzdor fanlari. “Тып
данных” qismiga maydonga kiritiladigan ma’lumotlarning
xususiyatlari (sonli, matnli, pul birliklari) tanlanadi. “Описания”
qismida agar shart boʻlsa yaratilayotgan
maydonga izoh berib
oʻtiladi.
5.17-rasm. “Конструктор” tartibida jadvalga ma’lumotlar kiritish
Barcha boʻlimlar kiritib boʻlingandan keyin saqlanadi. Undan
soʻng, maydonlar asosida MB toʻldiriladi, natijada quyidagi darcha
paydo boʻladi.
5.18-rasm. “Конструктор” tartibida jadvalni toʻldirish
Tayyor boʻlgan MB yangi ma’lumot qoʻshish, mavjudlarini
tahrirlash kabi amallarni bajarish mumkin boʻladi.