|
Anomal ikkilamchi elektronlar emissiyasi
|
bet | 48/52 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 1,96 Mb. | | #158642 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m 4.10. Anomal ikkilamchi elektronlar emissiyasi
1936-yilda Malter seziy bilan qoplangan (qalinligi 2*10-7 m bo‘lgan) va hamda oksidlangan alyuminiy oksidli emitterda birlamchi elektronlar bilan nurlantirilganda anomal yuqori elektronlar emissiyasini kuzatdi. Bu emissiya o‘zining bir qator xossalari bilan oddiy ikkilamchi elektronlar emissiyasidan farq qilar edi:
Anomal emissiya to‘la koeffitsientining effektiv qiymati σef oddiy ikkilamchi emissiya koeffitsientidan σ bir necha bor katta edi, ikkilamchi elektronlar toki birlamchi i0 tokka proporsional bo‘lmasdan sekin ortar edi, shu sababdan σef birlamchi elektronlar toki ortishi bilan kamayar edi.
σef ning birlamchi elektronlar energiyasiga E0 bog‘liqligi juda qat’iy edi.
Anomal emissiya inersionnlik kasb etar edi- ikkilamchi elektronlar toki birlamchi elektronlar toki to‘g‘tatilgandan so‘ng to‘xtamasdi.
Ikkilamchi elektron toki taglik potensialiga nisbatan kollektor potensialiga kuchli bog‘liq bo‘lib, kollektor potensiali ortishi bilan ortadi.
Elektron- mikroskopik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, anomal elektronlar emissiyasi emitter sirti bo‘ylab notekis taqsimlangan; tok alohida emissiya markazlaridan keladi. Keyinchalik bu emissiya MgO yupqa qatlamlarida, bor oksidida B2O3 , KCl kaliy xlor tuzlaridan ham kuzatishdi.
Anomal emissiyaning tabiati quyidagicha. Birlamchi elektronlar dastasi σ dielektrik plenka sirtida musbat zaryadlarni paydo qiladi, natijada sirtning potensiali taglik potensialidan yuqori bo‘ladi. Bu zaryadlar o‘zlarining elektrik tasvirlari bilan birgalikda emitterning metall tagligida qatlamda va sirtida kuchli elektr maydonini yuzaga keltirishadi. Bu maydon avtoelektron emissiyadagi kabi taglikdan dielektrikning o‘tkazuvchanlik zonasida elektronlarni urib chiqaradi. Urib chiqarilgan elektronlar, dielektrik qatlamida tezlanish bilan harakatlanib, sirt ionlari ustidan uchib o‘tadi, lekin ularni neytrallashtirmaydi.
Shunday qilib, birlamchi elektronlar dastasining vazifasi nafaqat elektronlar urib chiqarish va anomal emissiya tokini hosil qilishda qatnashish, balki emitter qatlamida musbat sirtiy zaryadlarni hosil qilish va ularni statsionar holatda saqlab turishdan iboratdir. Agar dielektrik qatlam sirtida ionlar doimiy zaryadlarini saqlab turish imkoniyati mavjud bo‘ladigan bo‘lsa, u holda emissiya sirtni birlamchi elektronlar bilan bombardimon qilinmasdan ham hosil qilinishi mumkin. S.V. Starodubsev malter emissiyasini birlamchi elektronlar dastasini qo‘llamasdan ham hosil qilgan, buni u V2O3 sirtiy qatlamiga ionlar manbaidan sirtiy musbat zaryadlarni hosil qilish yo‘li bilan amalga oshirgan.
Ma’lumki, sirtiy musbat ionlar birdaniga hosil bo‘lmaydi, va malter emissiyasi ham birdan o‘rnatilmaydi. Malter effekti faqat ma’lum bir d ( 10-7 m) qalinlikdagi dielektrik plyonkalarida hosil bo‘ladi. Agar plenka qalin bo‘lsa, u holda maydon kuchlanganligi E 108 V/m bo‘ladi va avtoelektronli emissiya boshlanmaydi. Agar plenka juda yupqa bo‘lsa, u holda o‘tkazuvchanlik paydo bo‘ladi va sirtdagi musbat zaryadlar neytrallashadi. Balki bu zaryadlar juda yupqa plenkalarda taglik elektronlari tomonidan neytrallashadilar. Haqiqatda, juda yupqa dielektrik plenkalarda E elektr maydoni kuchlanganligi taglik sirtida elektronlar uzib olish uchun etarli bo‘ladi, biroq uzib olingan elektronlarni tezlashtiruvchi potensiallar farqi Ed kncha katta emas, shu sababli dielektrik qatlam sirtida elektronlar tezligi uncha katta bo‘lmaydi va ular ionlarni neytrallaydi.
D.V. Zernov tomonidan anomal emissiya elektronlarining taqsimot egri chiziqlari tajriba yo‘li bilan olingan. Bu egri chiziq ikkita maksimumga ega, ulardan biri- asil ikilamchi elektronlarga to‘g‘ri keladi, boshqasi esa –Fermi satxidagi avtoelektronlarga.
σef ning katta qiymati malter emissiyasi uchun quyidagicha tushuntirish mumkin : oksid qatlamida porlar-quduqlar mavjud bo‘ladi. Elektron quduqdan chiqa turib, devor bilan to‘qnashib, boshqa elektronni urib chiqaradi, u ham o‘z navbatida quduq devori bilan to‘qnashib boshqa elektronni urib chiqazadi. Bu hodisa elektronli ko‘paytirgichlardagi elektronlarning ko‘payish hodisasiga o‘xshashdir.
|
| |