9
lazerlarda bajarilishi mumkin. Elektron asboblar ishlab chiqarishda
qo’llaniladigan lazerlar yordamida qalinligi 0,3-1 mm bo’lgan
dielektrik va
yarimo’tkazgichlar qatlami bir-biridan ajratib qirqib olinadi. Qirqish tezligi
materialga bog’liq bo’lib, o’rtacha 0,1-0,5 m/min ni tashkil qiladi. Shisha, sital
va boshqa materiallarning qalinligi 3 mm gacha bo’lganda 2-3 m/min tezlikda
qirqiladi. Hozirgi zamon asbobsozligining eng oxirgi yutuqlaridan biri – bu
erkin elektronlarga asoslangan lazer qurilmasidir. Bu lazerning ishlash prinsipi
fazoviy davriy elektr yoki magnit maydoni bilan erkin relyativistik elektronlar
oqimining o’zaro ta’siriga asoslangan. Relyativistik erkin elektronlar oqimi
zaryadli zarrachalarni tezlashtirgich qurilmasida xosil qilinadi.
Zaryadli
zarralar kuchli magnit yoki elektr maydoni ta’sirida tezlashtiriladi va ma’lum
diametrli doira bo’ylab katta tezlikda harakatlantiriladi. Natijada katta tezlikli
erkin elektronlar oqimini aloxida ajratib olish imkoni tug’iladi. Bu elektronlar
oqimi yana fazaviy davriy maydon ta’sirida tezlanuvchan harakat qiladi va
harakatiga tik yo’nalgan yo’nalishda tebranma harakatga keladi,
natijada
birlamchi elektromagnit to’lqin nurlantiradi. Birlamchi nurlanish chastotasi
ko’ndalang tebranish chastotasidan juda katta bo’ladi. Shundan so’ng erkin
elektronlar oqimi va birlamchi nurlanish ochiq
rezanatorga kelishi bilan
nurlanish kuchayadi va yo’naltirilgan kogerent lazer nuriga aylanadi. Erkin
elektronlarga asoslangan lazerlarning eng asosiy yutug’i shundaki, elektronlar
kinetik energiyasini o’zgartirish asosida lazer nuri to’lqin uzunligini
o’zgartirish imkoniyati mavjud. Bu qurilmalar 10.8, 3.4, 0.65
mkm li
nurlanishlar xosil qilib, o’rtacha quvvati 4 vatt atrofida bo’ladi. Bunda F.I.K.
taxminan 1% bo’ladi. Elektronlarni yana rezonatorga qaytarish qurilmasi
yordamida F.I.K.ni 20- 40% gacha oshirish mumkin. Lazerlarni kompyuter
yordamida o’rganish uchun Windows tizimida ishlovchi zamonaviy tillardan
biri Visual Basic-6.0 da dastur tuzildi. Dasturning o’ziga xos afzal tomonlari
10
shundaki, foydalanuvchi uni hohlagan marta va
hohlagan tezlikda mustaqil
ravishda ishlatib ko’rishi, kuzatishi, ta’lim olishi va xulosalar chiqarishi,
qolaversa, olgan bilimlarini sinab ko’rishi mumkin. Dastur ishga tushirilganda
ekran rasmdagi ko’rinishni oladi. Dastur “Optik rezonator”, “Ish rejimi”,
“Gazli,
uglerod oksidli, kimyoviy, bo’yoqli, qattiq jismli, yarimo’tkazgichli,
erkin elektronli lazerlar” haqida ma’lumotlar va ularning
rangli tasvirlarini
kuzatishga mo’ljallangan tugmalar, animatsiya va ma’lumotlarni ko’rish uchun
oynalardan tashkil topgan.