• Tekshirdi:Abdullayeva Ra’no Toshkent 2022 Biznes va tadbirkorlikda boshqaruv ahamiyati Reja
  • 3. Kichik biznes va tadbirkorlikda boshqaruvning funksional turlari.
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti




    Download 1.09 Mb.
    bet1/3
    Sana06.04.2024
    Hajmi1.09 Mb.
    #189706
      1   2   3
    Bog'liq
    O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi M (1)
    Малакавий амалиёт мавзулари 3 курс рус, India, 6-Mavzu Tadqiqot mavzusini tanlash hamda muammoni asoslash. Rej, Анкета-заявление на должность бортпроводника, O’zbekiston Respublikadagi hozirgi ekologik ahvol, 17427, algoritmlar va ularning murakkabligi, 95-2-34-Q 23, Entropiya va noaniqlik, Fizik-kimyoviy tadqiqot usullarining umumiy xususiyatlari va kla-fayllar.org, Bayonnomasi ¹, report (1), 212121, 1 - laboratoriya ish

    O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi
    Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti

    Iqtisodiyot fakulteti
    Biznes rejalashtirish’’ fanidan
    Mustaqil ish

    Mavzu:Biznes va tadbirkorlikda boshqaruv ahamiyati

    Bajardi:Sobirxo’jayev Xadyatillo
    Tekshirdi:Abdullayeva Ra’no
    Toshkent 2022

    Biznes va tadbirkorlikda boshqaruv ahamiyati
    Reja:
    1.Kichik biznes va tadbirkorlikda boshqaruvning o’rni
    2. Kichik biznes va tadbirkorlikda boshqaruvning chiziqli turlari.
    3. Kichik biznes va tadbirkorlikda boshqaruvning funksional turlari.

    Har qanday tizimda eng muhim qism bu – boshqaruv hisoblanadi. Boshqaruv tashkilotlarining samarali ishlashi o’sha muassasaning qanchalik yaxshi ishlayotganini bildirib turadi. Boshqaruv tashkilotlarisiz kompaniyalarni tasavvur etib bo’lmaydi, turli xil boshboshdoqliklar, nizolar, o’zbilarmonchilik va boshqa shu kabi illatlar vujudga keladi. Boshqaruv ham xuddi shaxmat o’yiniga o’xshaydi, kuchli sipohlaring bo’lishi mumkin, lekin ularni to’g’ri qo’llay olmaslik mag’lubiyatga olib keladi va aksincha oz sonli qo’shinlar mag’lubiyatni anglatmaydi , yaxshi boshliq kichik qo’shin bilan ham katta zafarlarga erishishi mumkin.Shu sabab boshqaruv apparatini rivojlnatirish va unga malakali kadrlarni jalb etish kun masalasiga aylandi. O’tgan asrdan boshlangan rahbar-xodimlar tayyorlash mexanizmlari qariyb 1 asrdan buyon shiddat bilan ishlab kelmoqda.Chunki boshqaruvning ahamiyati juda salmoqli.Boshqaruv haqida gap ketganda uning turli shakllari ,ko’rinishlari va turlarini bilish muhim.Korxonani boshqarishning maqsadga muvofiq tarkibini vujudga keltirish tadbirkor hal etishi kerak bo‘lgan muhim vazifalardan biridir.Ya’ni korxona uchun mos va har tomonlama qulay bo’lgan boshqaruv shaklini tanlay bilish kerak.


    Korxonaning boshqaruv tarkibi deganda, boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funksiyalirni bajaruvchi, bir-biri bilan bog‘langan turli boshqaruv organlari va bo‘g‘inlarining majmui tushuniladi.
    Kichik biznes va tadbirkorlikda korxona boshqaruvining tashkiliy turlari quyidagilar:


    Ayrim manbalarda jamoaviy hamda gorizontal tuzilmalar ham keltiriladi , lekin hozir ushbu bosqich unchalik katta ahamiyat kasb etmagani bois , unga to’xtalib o’tmaymiz.Avvalo, raxbarlar ham quyidan yuqoriga qarab o’sib boradi.Agar quyi organ rahbari barcha quyi masalalarga javobgar bo’lsa u holda , bu xildagi aloqaga chiziqli-rasmiy aloqa deb aytiladi.Xorijiy adabiyotlarda buyruqlar zaniiri (chains of command) yoki skalyar prinsip (scalar principle) deb ham ataydilar.Bularning bari vertikal aloqalar hisoblanadi.Ularning dastlabki ko’rinishi esa chiziqli-pog’onali boshqaruv deb ataladi
    Uning ishlash prinsipini quyidagi rasmda ko’rish mumkin.

    Bunda boshqarishning hamma funksiyalari korxona rahbari (GM) qo'lida to'planib, quyi rahbar (sales manager) va undanda quyidagi rahbarlar (manager1, manager2…) unga bo'ysunadi. Har bir rahbar o'ziga ishonib topshirilgan bo'linma faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqaradi va barcha zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi. Bo'ysunuvchi xodimlar faqat o'zlarining bevosita rahbarlarining farmoyishlarini bajaradilar.
    Ushbu tarkibning ayrim kamchilik va afzalliklari bor.

    1. Ishlashga oson

    2. Xamyonbop va samarali

    3. Favqulodda qarorlar chiqarish mumkin

    4. Shaxsiy javobgarlik ortadi

    5. Kuchli boshqaruv ostida intizom namoyon bo’ladi.

    Kamchilik tomonlari shundaki , bunday struktura oddiy, barqaror masalalarni yechishga mo'ljallanganligi sababli, uning doirasida kompleks masalalarni hal qilish ancha qiyin kechadi.Qolaversa, har bir ish boshqaruvchi faqat o’ziga biriktirilgan qismgagina javobgar bo’ladi va shu bois umumiy holat uni qiziqtirmaydi.Undan tashqari barchasi oxir-oqibat yakka shaxsning qaroriga bog’liq bo’lib qoladi va bu yakunda salbiy oqibatlarga olib keladi.Boshqarishning chiziqli strukturasi uncha murakkab bo'lmagan ishlab chiqarish sharoitida, ijrochilarning vazifalari oddiy, buyruq va axborotlar hajmi kam bo'lganda o'zini oqlashi mumkin.Ishlab chiqarishning tobora murakkablashib, ko'lamining kengayib borishi boshqarish funksiyalarini tabaqalashtirishni talab qiladi, chiziqli strukturaning o'rniga chiziqli-shtabli strukturaning vujudga kelishini taqozo etadi.


    Download 1.09 Mb.
      1   2   3




    Download 1.09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti

    Download 1.09 Mb.