• Operativ xotira.
  • Qattiq disk.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet137/176
    Sana17.05.2024
    Hajmi6,82 Mb.
    #239848
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   176
    Bog'liq
    F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova Raqamli

    10-
    BOB. VIDEOLARNI KOMPYUTERGA 
    KIRITISH VA QAYTA ISHLASH
    Mavzu rejasi:
    Videolarni raqamlashtirish uchun kompyuter talablari. Videomontaj. 
    Videofilmlarni yakuniy qayta ishlash va siqish. 
    10.1. Raqamli video uchun 
    kompyuterga quyilgan minimal talablar
    Markaziy protsessor. 
    Siqilmagan videoni suratga olish (capture) 
    uchun kuchli protsessor kerak emas, lekin bu holda yozilgan 
    ma’lumotlar miqdori juda katta bo‘ladi. Rasmga olish paytida videoni 
    “harakatda” siqish uchun sizga kamida 500 MHz, afzalroq 900 MHz 
    protsessor kerak bo‘ladi. Qanchalik tezkor protsessorga ega bo‘lsangiz, 
    videoni siqishning murakkab turlarini “tezda” – to‘g‘ridan to‘g‘ri 
    raqamlashtirish paytida qo‘llashingiz mumkin.
    Videoni keyingi qayta ishlash protsessor qanchalik tez bo‘lsa, 
    shunchalik tez natija hosil bo‘ladi. Videoni qayta ishlashning vazifasi 
    faqat hisob-kitob bo‘lgani uchun uni bajarish tezligi protsessor tezligiga 
    bog‘liq. Xotira miqdori, uning ishlash tezligi, qattiq diskning tezligi va 
    boshqa komponentlar sezilarli darajada kamroq ta’sir qiladi. Zamonaviy 
    MPEG-4 kodlovchilari afsuski HyperThreading texnologiyasini 
    qo‘llab-quvvatlamaydi.
    Operativ xotira. 
    Videoni suratga olish(capture) kompyuter 
    xotirasiga jiddiy talablar qo‘ymaydi. Operatsion tizimingiz “o‘zini 
    qulay his qilishi” va videoga olish dasturi uchun yetarli xotiraga ega 
    bo‘lishi uchun “parvozda” (on the fy-на лету) videoni siqish uchun 
    kodeklarga, ixcham yordamchi dasturlarga, taxminan 40 MB yetarli. 
    Shunday qilib, shartli ravishda minimal Windows 98 va ME uchun 
    64 MB operativ xotira, Windows 2000 uchun 96 MB, Windows XP 
    uchun 128 MB va hozirgi zamon Windows 10 tizimi uchun 4 GB 
    opetativ(RAM) xotira yetarli. Agar siz videoni raqamlashtirishda 
    boshqa vazifalarni bajarishni rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz, u holda 
    dasturlarni ishga tushirish uchun sizga ko‘proq xotira kerak bo‘ladi. 


    224
    Tizimning almashinuv(swaping) fayliga qilish uchun to‘xtatishi 
    maqsadga movofiq emas, chunki bu holda yozib olish kartasidan 
    ma’lumotlar oqimining uzluksiz yozib olinishi ta’minlanmasligi 
    mumkin, shuning uchun videoni yozib qoldirish uchun maxsus qattiq 
    disk bo‘lishi tavsiya etiladi.
    Qattiq disk. 
    Siqilishsiz 768x576 piksel o‘lchamdagi videoni 
    raqamlashtirish va suratga olishda video suratga olish kartasidan 
    taxminan 22 MB / s (76 GB / soat) ma’lumotlar oqimi keladi. Bunday 
    ma’lumotlar oqimini qattiq diskka yozish uchun, birinchidan, juda ko‘p 
    bo‘sh joy, ikkinchidan, yozish tezligi yetarli bo‘lgan qattiq disk kerak. 
    Videoni “tezda” siqishning turli usullari bu oqimni kamaytiradi, lekin 
    qo‘shimcha ravishda protsessorni yuklaydi va materialning sifatini 
    pasaytirishi mumkin. Amalda, kichik siqish bilan kompromiss varianti 
    (kelishish) qo‘llaniladi: kamroq ma’lumotni yozib olish kerak va tasvir 
    sifati biroz pasayadi (ba’zida farq hatto sezilmaydi). Shunday qilib, 
    videoni suratga olish uchun sizga yuqori tezlikda ma’lumotlarni yozib 
    oladigan katta qattiq disk kerak bo‘ladi.

    Download 6,82 Mb.
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   176




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish