232
Turli kameralarda videoga olish sifati ham katta farq qilishi mumkin.
Raqamli videokameralar ancha qimmat, shuning uchun hech kim oldin
olingan analog videoni raqamlashtirish uchun raqamli videokamera
sotib olmaydi. Ammo agar shunday videokamera bo‘lsa, nega uning
imkoniyatlaridan foydalanmaslik kerak.
Analog televizor standartlari.
Bu
standartlar, albatta, televi-
deniyeni raqamli tizimga o‘tgandan keyin aktual bo‘lmay qoldi.
Ammo, hali ham anchagina video mahsulotlar videomagnitofonlarda
shu standartlar asosida yozib qoldirilgan. Aynan shu ma’lumotni to‘g‘ri
raqamlashtirish uchun bu standartlarni bilgan ma’qul va ayrim birliklar
hamda usullarni kelib chiqishi ham o‘sha oldingi eski standartlardan
qolganligi sababli tushunishni osonlashtiradi.
Tasvirga olish kartasi foydalanilgan video uzatish usuli (o‘sha eski
analog) uchun video manbayi bilan mos kelishiga ishonch hosil qilish
kerak.
Oldin analog rangli televedeniye uchun dunyoning aksariyat
mamlakatlarida quyida keltirilgan teleko‘rsatuv
standartlaridan biri
qabul qilingan edi. Masalan, NTSC (AQSh va Yaponiyada), PAL
(Yevropada) yoki SECAM (Fransiya va sobiq SSSRda). Har bir davlat
o‘sha mamlakatda qabul qilingan televizion standarti bilan ishlashga
qodir video jihozlarini sotardi. Agar boshqa mamlakatda sotib olingan
uskunadan foydalanilsa, video signal manbayi va tasvirga olish kartasi
bitta televizion standartda ishlashga qodirligini uskunani hujjatlarida
tekshirib ko‘rish kerak edi.
Analog rangli televizion standartlarning ichki farqli turlari ham
mavjud edi. Masalan, PAL-B, PAL-D, PAL-G va boshqalar. Ular
signalni kodlash usuli bilan emas, balki uning parametrlari (chastotalar
va pastki
diapazonlarning kengligi, tovush joylashgan qismi) bilan
farqlanadi. Tasvirga olish kartalari odatda standartning har qanday
farqli turlari bilan ishlashga qodir, uni faqat kartani sozlashda ko‘rsatish
kerak (yoki standart farqli turining haqiqiy nomi yoki bunday farqli turi
mavjud bo‘lgan mamlakat nomi ko‘rsatilgan).
PAL va SECAM standartlari juda o‘xshashligi sababli –
ikkalasi
ham soniyasiga 25 kadr uzatadi va signalning yorqinlik komponenti
(monoxrom tasvir)ni teng ravishda kodlab,
keng tarqalgan video
233
uskunalarning aksariyati PAL va SECAM ishlashga qodir ikki standartli
edi. Xuddi shu sababga ko‘ra, bozordagi videokameralar PAL standartida
ishlardi (sobiq SSSR bozori uchun maxsus SECAM versiyasini ham ishlab
chiqishgan) ammo, televedeniye esa SECAM qo‘llagan.
NTSC video signalni kodlashning boshqa usulidan foydalanilgan,
xususan, u soniyasiga 30 kadrni uzatardi (aniqrog‘i 29,97, garchi
sekundiga 30,00 kadr tezlikda ishlaydigan uskunalar ham mavjud edi).
Bizning bozordagi foydalanadigan video jihozlarning aksariyati NTSC
bilan ishlashga qodir emas edi. Shu sabab, ko‘pincha
suratga olish
kartalarining ikkita versiyasi mavjud edi ya’ni, PAL/SECAM bilan va
alohida NTSC ishlash uchun mo‘jallanganlari.
Barcha tasvirga olish kartalarining past chastotali ishlovchi
qism (blok)lari universal bo‘lib, video kiritishga taqdim etilgan har
qanday standartning video signalini
raqamlashtirishi mumkin, faqat
sozlamalarda kadr tezligining to‘g‘ri qiymatini belgilash kerak (NTSC
uchun 25 yoki 30). Yuqori chastotali bloklar ya’ni, televizor qabul
qiluvchi qismi, aksincha, har bir televizor standartiga xosdir, shuning
uchun tasvirga olish kartasi faqat o‘zi ishlab
chiqilgan standartdagi
(bir va bir nechta) teleko‘rsatuvlardan video yozib olishi mumkin
edi. Masalan, sobiq SSSR mamlakatlarida qabul qilingan PAL-D /
SECAM-D standartidagi televizor qabul qiluvchilari va kartalari keng
tarqalgan edi.
Raqamli video manbadan foydalanayotgan bo‘linsa, xavotir-
lanishga hojat yo‘q – raqamli kamera hammasini o‘zi qiladi. Yagona
farq shundaki raqamlashtirilgan video, NTSC signalida sekundiga 25
o‘rniga 30 kadr tezlikda bo‘ladi.