228
bitta kabel video
signalning yorqinligini ham, rang komponentlarini
ham uzatadi.
Ikkinchi holda, yorqinlik va rang komponentlari ikki
xil kabel orqali uzatiladi, bu esa tasvirning yanada aniqligiga erishish
imkonini beradi. (S-Video kabeli ba’zan S-VHS deb ham ataladi, chunki
ular birinchi marta S-VHS videomagnitofonlarida paydo bo‘lgan.)
S-video ulanishiga ustunlik berish kerak, chunki kompozit chiqish
orqali ulanish qayta ishlangan video sifatini pasaytiradi. Video suratga
olish kartalarining aksariyati S-video kabelini ulash imkoniyatiga ega.
Maishiy texnika bilan bog‘liq vaziyat unchalik yaxshi emas –
faqat
qimmatroq modellarda S-video chiqishi mavjud.
Ulagichlar (Razyomlar).
Tasvirni yozish kartalari S-
video
kabelini ulash uchun S-video ulagichidan foydalanadi (klaviatura
yoki sichqoncha uchun PS / 2 ulagichiga o‘xshash). Kompozit kabelni
ulash uchun RCA “tulpan” (lola – тюльпан) ulagichi ishlatiladi. Uy
jihozlarida, ayniqsa, televizorlar va qimmatbaho videomagnitofonlarda
yuqoridagi ulagichlar bilan bir qatorda SCART ulagichidan foydalanish
mumkin – ko‘plab tekis kontaktli keng beshburchak ulagich.
Videoga olish
kartangizdagi video kirishlar, shuningdek, video
manbangizdagi video chiqishlar haqida batafsil va aniq ma’lumot olish
uchun mos keladigan qurilma hujjatlariga qarash kerak.