3
KIRISH
“Raqamli axborotlarni qayta ishlash va yaratish texnologiyasi”
fanini o‘qitishdan maqsad talabalarning raqamli axborotni kiritish,
qayta ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish va zamonaviy kompyuter
hamda raqamli texnika vositalarida multimediani qo‘l1agan holda
ishlashni o‘rgatishdan iborat.
Birinchi marta “multimedia” atamasi 1965-yilda paydo bo‘lgan va
1970-yillarning oxirigacha ma’lumot taqdim etishning turli shakllaridan
foydalangan holda o‘sha davr uchun ekstravagant bo‘lgan
teatr
tomoshalarini ya’ni kino slaydlari, video va audio qismlari, yorug‘lik
effektlari hamda jonli musiqani tasvirlash uchun faol ishlatilgan.
1970-yillarning oxiri va 1980-yillarning boshlarida “multimedia”
deganda, tovush yoki “jonli” musiqa bilan birga bir nechta
proyektorlardan olingan statik yoki dinamik tasvirlarga asoslangan
tasvirlar tushunilgan.
Shunday qilib, multimedia vositalari insonning bir nechta his-
tuyg‘ulariga darhol ta’sir qiladi va ma’lumotlarni vizual,
verbal va
audio shakllarida taqdim etdi. Ular chuqurroq his qilinib ta’sir ko‘rsatdi
va ushbu turdagi teatr tomoshalariga muvaffaqiyat keltirdi. Inson
psixikasining tuyg‘u sohasiga ta’sir qilish qobiliyati, mashg‘ulotning
muhim omili hisoblanadi, chunki u
bilimlarni yanada samarali
o‘zlashtirishga yordam beradi. Biroq, faqat oxirgi o‘n yillikda, shaxsiy
kompyuterlarning rivojlanishi va ta’limning keng axborotlashtirilishi
natijasida multimediali texnologiyalarga talab paydo bo‘ldi.
Multimedianing texnik vositalariga zamonaviy mobil telefonlar
ham kiradi, ulardan izohli fotosuratlarni yoki video xabarlarni yuborish
mumkin. “Multimedia” atamasi yangi texnologiyalar paydo bo‘lishi va
qo‘llanilishi bilan rivojlanishda davom etmoqda.
Ushbu qo‘llanma quyidagi professional kompetentsiyalarni (vako-
latlarni) o‘zlashtirishga yordam beradi:
•
shaxsiy kompyuterni, periferiya qurilmalarni, operatsion tizimni va
multi media uskunalarini tayyorlash va sozlashni;
•
shaxsiy kompyuterga turli xil axborot-ma’lumotlarni
raqamli va
analogli vositalardan kiritishni;
4
•
raqamli fayllarni turli formatlarga o‘tkazishni;
•
audio va vizual tarkibni (kontentni) ovoz, grafik va video
muharrirlari yordamida qayta ishlab chiqishni;
•
shaxsiy kompyuter va multimedia uskunalari yordamida original,
audiovizual va multimediali komponentlardan taqdimot videolari,
media slayd yoki shoular va boshqa yakuniy mahsulotlarni yaratish
hamda ijro etishni.
Belgilangan kasbiy faoliyat turi va tegishli
kasbiy vakolatlarni
o‘zlashtirish uchun talaba, darslik materialini o‘zlashtirish jarayonida
quyidagi amaliy tajribaga ega bo‘lishi kerak:
•
shaxsiy kompyuterning kabel tizimi orqali, periferik va mul timedia
usku nalarini ulash;
•
shaxsiy kompyuter, periferik va multimedia uskunalarini ishlash
parametr larini sozlash;
•
raqamli va analog ma’lumotlarni shaxsiy kompyuterga periferik
hamda multimedia uskunalarining
turli xillaridan kiritish;
•
hujjatlarni skanerlash, qayta ishlash va tanib olish;
•
media fayllarni turli formatlarga aylantirish,
fayllarni turli xil
tahrirlash dasturlariga eksport qilish va import qilish;
•
maxsus muharrirlash dasturlari yordamida audiovizual va
multimedia kon tentini qayta ishlash;
•
original audiovizual va multimedia komponentlaridan videofilmlar,
taqdimotlar, media fayllar va boshqa
yakuniy mahsulotlarning
slayd-shoularini yaratish va ijro etish.