13
asoslanib, fayl aloqa kanallari orqali uzatishdir. Aloqa kanalining qabul
qilish qismida, axborot to‘liq qabul qilingandan so‘ngina oddiy audio
signal pleyerida qayta eshittiriladi. Shunday qilib, elektron pochta
orqali ovozli xat yuborish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Biroq, bu tarzda
internet kanallari orqali “jonli” radioeshittirishni amalga oshirish
mumkin emas. Endilikda, audio va video oqimlari texnologiyasi
taklif qilinyapti. Gap shundaki, raqamlangandan so‘ng signal darhol
kodlanib aloqa kanaliga jo‘natiladi va u qabul qilgich tomonida qayta
tiklanib(dekodlanadi) eshittiriladi. Signal uzatishning bunday sxemasi
juda katta afzalliklarga ega bo‘lib, qabul qiluvchida audio signal fayl
ko‘rinishida shakllanishini va unga kanal orqali uzatilishini kutish shart
emas. Faqat bu aloqa kanali orqali signal uzatish tezligi ovozli signalni
tanlash chastotasidan kam bo‘lmasligini talab qiladi. Aloqa kanali
orqali raqamli signalni uzatish imkoniyatini baholash uchun bit tezligi
konsepsiyasi qo‘llaniladi. Bu esa vaqt birligiga uzatiladigan ma’lumot
miqdori-bitreyt deb ataladi. Odatda bitreyt sekundiga kilobit bilan
o‘lchanadi – [kbit/s] (inglizcha Kbps(Kilobit per second) qisqartmasida
ishlatiladi). Bu birlik, bir tomondan, tegishli namuna olish parametrlari
bilan 1 soniyali ovoz yozish uchun kerak bo‘ladigan disk maydoni
hajmini ko‘rsatadi, boshqa tomondan, aloqa kanalining o‘tkazish
qobiliyatini yoki “kengligini” aniqlaydi. Shunday qilib, agar telefon
modem orqali internetga ulanish tezligi 56 kbit/s bo‘lsa, u holda bu
kanalda bit tezligi 56 kbit/s dan oshmasligi kerak.