8
sifatida mavjud. Ular shaxsiy kompyuter ovoz kartalarida ishlatiladi.
Analog signallarni raqamliga aylantirish
zamonaviy kompyuterlarda
ovoz kartalari yoki audio adapterlar kabi ko‘plab qurilmalar ishining
asosidir. Bunday kartalardagi analog signal raqamliga aylanadi, u
shaxsiy
kompyuter xotirasida, ya’ni uning qattiq diskida (magnit
disklar asosida ma’lumotni uzoq vaqt saqlash qurilmasi) yoziladi.
Teskari konvertatsiya analog signallarni kuchaytirgandan so‘ng ularni
kompyuter karnaylari yordamida qayta ishlab chiqarishga imkon
beradi. Analog ma’lumotlarni raqamli formatga o‘tkazish kompyuterda
ma’lumotlarni qayta ishlashning kuchli vositalarini kundalik hayotga
kiritishga imkon beradi. Masalan, kompyuterni ovoz bilan boshqarish
va unga ma’lumotlarni kiritish mumkin bo‘ladi. Ba’zi bir muammolar
hali ham bunday o‘zgarishlarga to‘sqinlik qilmoqda, lekin kompyuterga
og‘zaki ma’lumotlarni kiritish uchun dasturiy mahsulotlar allaqachon
mavjud.
Bunday muammolar orasida haqiqiy
nutqni tanib olish muam-
mosi muhim hisoblanadi. Hozirda foydalanuvchilar tomonidan talaffuz
qilinadigan ko‘p so‘zlarni tushunadigan kompyuterlar uchun ko‘plab
dasturlar mavjud. Nafaqat individual so‘zlovchini balki xohlagan
diktorni nutqini kompyuter xatosiz to‘liq tushuna boshlaydi.
Bosma
matnlarni skanerlash va tanib olish muammosi, shuningdek, ularning
kompyuter yordamida qayta tiklab ovozli eshittirish allaqachon hal
qilingan.