O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/176
Sana17.05.2024
Hajmi6,82 Mb.
#239848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176
Bog'liq
F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova Raqamli

1-BOB. MULTIMEDIA TUSHUNCHASI
Mavzu rejasi:
Multimedia tushunchasi. Kompyuterda multimediani tasvirlash 
prinsiplari. Analog, raqamli, tovushli va video ma’lumotlar.
1.1. Multimedia tushunchasi
“Multimedia” tushunchasi yaqinda paydo bo‘lgan bo‘lib, hali 
aniq ta’rifga ega emas. Biroq, uning asosiy ma’nosi, uni qabul qilish 
samaradorligini oshirish uchun axborotni taqdim etishning turli 
shakllaridan foydalanishga bog‘liq.
Bundan tashqari, bu tushuncha insonning ma’lumot oqimini passiv 
idrok etishini emas, balki boshqarish qobiliyatini ham o‘z ichiga oladi.
Shartli ravishda, axborotning multimediali taqdimotini tavsif ovchi 
oltita asosiy komponent mavjud (1-rasm).
Biroq, oddiy kino ham bu vositalarning barchasiga “egalik qiladi”. 
Ammo kompyuter multimedia dasturining ikkita asosiy far qi bor. 
Birinchidan, foydalanuvchi axborot oqimini boshqarishi mumkin. 
Kompyuter ekranida obyektlarning harakati va taqdimotini turli rejimda 
tanlash imkoniyati an’anaviy kino uchun mavjud emas. Multimediali 
dasturlarning bu xossasi odatda interaktivlik (inglizcha interaction – o‘zaro 
ta’sir) deb ataladi. Bundan tashqari, kinofilmni ishlab chiqarish qiymati 
kompyuter dasturiga qaraganda bir necha baravar yuqori. 
1.1-rasm. Multimedianing asosiy komponentlari:
a – matn, b – audio, c – tasvir, d – animatsiya, e – video,
 f – interaktivlik.
Multimediali axborotni taqdim etishning chiziqli va chiziqsiz 
usullarga bo‘lish mumkin.


6
Ma’lumotni taqdim etishnining chiziqli usuli analogi kino bo‘lishi 
mumkin. Bu filmni ko‘rib turgan kishi uning chiquvchi ma’lumotlariga 
hech qanday ta’sir o‘tkaza olmaydi.
Ma’lumotni taqdim etishning chiziqsiz usuli, insonga multime-
diali ma’lumotlarni taqdim etish vositasi bilan o‘zaro aloqa qilish 
orqali, ma’lumotni namoyish qilishda ishtirok etish imkonini beradi. 
Bu jarayonda insonning ishtiroki interaktivlik deb ham ataladi. Inson-
kompyuter o‘zaro ta’sirining bu usuli kompyuter o‘yinlari toifalarida 
to‘liq ifodalangan. Multimediali ma’lumotlarni taqdim etishning 
chiziqsiz usuli ba’zan “gipermedia” deb ham nomlanadi.
Ma’lumotni taqdim etishning chiziqli va chiziqsiz usullariga misol 
sifatida, taqdimot qilish vaziyatini ko‘rsatish mumkin. Agar taqdimot lentaga 
yozilgan va tomoshabinlarga namoyish etilgan bo‘lsa, axborotni yetkazib 
berishning bu usuli bilan ushbu taqdimotni ko‘rayotganlar ma’ruzachiga 
ta’sir qilish imkoniyatiga ega emaslar. “Jonli” taqdimotda tomoshabinlar 
ma’ruzachiga savollar berish va u bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega, bu 
esa ma’ruzachining taqdimot mavzusidan uzoqlashishiga, masalan, ba’zi 
atamalarni tushuntirishga yoki hisobotning bahsli qismlarini batafsilroq 
ajratishga imkon beradi. Shunday qilib, “jonli” taqdimotda ma’lumot, 
chiziqsiz (interaktiv) usulda taqdim etilishi mumkin.
Multimediani qo‘llash sohalari juda xilma-xildir.
Ta’limda, multimedia – axborot texnologiyalariga asoslangan o‘quv 
kurslari sifatida qo‘llaniladi (media ta’lim).
Ishlab chiqarishda, ayniqsa, mashinasozlik va avtomobilsozlik 
sanoatida, loyihalashda multimedia ishlatiladi. Masalan, muhandisga 
mahsulotni har xil nuqtayi nazardan ko‘rib chiqishga, ishlab chiqarishni 
boshlashdan oldin boshqa manipulyatsiyalarni bajarishga imkon beradi 
(avtomatlashtirilgan loyihalash).
Tibbiyotda, multimedia – jarrohlarni o‘qitish jarayonida ishlatiladi 
(virtual jarrohlik).
Fanda, multimedia – turli jarayonlarni modellashtirish uchun ishlatiladi.
San’atda multimedianing eng ko‘zga ko‘ringan namunalari – maxsus 
kino effektlari, kompyuter animatsiyasi va 3D grafikasi hisoblanadi.
Ko‘ngilochar sohadagi kompyuter o‘yinlari multimedianing eng 
yaxshi namunasidir.


7

Download 6,82 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176




Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish