9
tovush infraqizil, 20 kHz dan yuqori ultratovush deyiladi. Inson qulog‘i
20 Hz dan 20 kHz gacha bo‘lgan tovush tebranishlarini sezishga qodir,
maksimal sezuvchanlik esa 3 KHz atrofida bo‘ladi.
Amplituda
– signalni eng yuqori darajasi bo‘lib, odam subyek tiv
ravishda uning balandligi sifatida qabul qiladi. U detsiBel (dB – Bel
olimni nomi) deb ataluvchi logarifmik birliklarda o‘lchanadi. Bu birlik
nisbiy logarifmik birlik bo‘lib, necha marta quloq eshitish ostonasidan
balandligidan logarifm olish va yigirmaga ko‘paytirish bilan hosil
qilinadi. Masalan, 20 dB degani solishtirma miqdordan(ostonadan) 10
marta katta degani chunki,
. Shunday
qilib, barglarning shitirlashi 15 dB “shovqin”ga ega, kompyuter shovqinli
35 dB. Inson qulog‘i qabul qila oladigan maksimal hajm taxminan
120
dB
ni (
) tashkil qiladi, bu reaktiv samolyot uchish
paytida dvigatellarning shovqiniga to‘g‘ri keladi. Bu qiymat tovushini
eshitishning og‘ir chegarasi hisoblanadi.
Dinamik diapazon
– bu, tovushning eng kichik va eng katta
miqdori
detsiBel
da ifodalangan nisbiy ko‘rsatkichidir. Masalan, rubobni
tovushning dinamik diapazoni 15
dB
, simfonik orkestriniki esa 75
dB
ni
tashkil qiladi.
Kompyuter raqamli shaklda ma’lumotlar bilan ishlaydi, shuning
uchun analog audio signalni kompyuterga kiritish uchun uni raqamli
shaklda o‘tkazish kerak. Buning uchun maxsus qurilma – ovoz kartasi
ishlatiladi. Odatda ovoz kartalari uchta mustaqil tugunni o‘z ichiga
oladi. Bu ovoz yozish va eshittirish kanali, sintezator(yaratgich) kanali
va mikserdan (aralashtirgichdan) iboratdir.