22
DV formati katta video oqimi bilan tavsifanadi va shunga mos
ravishda katta chiqadigan videofaylga ega. MiniDV kassetasida soatiga
yozib olish hajmi taxminan 12-13 Gb yoki 1 daqiqa – 200 MB bo‘ladi.
Olingan video keyinchalik kompyuterda, proyektorda, DVD
pleyerda, internetda ko‘rish uchun siqilgan bo‘lishi kerak. Yuqori sifatli
videodan biz kerakli sifatdagi har qanday formatni olishimiz mumkin.
Diqqat! Buni DVD bilan adashtirmaslik kerak (raqamli video disk).
AVCHD
– yuqori aniqlikdagi video formati bo‘lib, quyidagilarni
anglatadi: kengaytirilgan video kodlash – rivojlangan video kodlash, HD
– yuqori aniqlik. Bu HD kameralarda ishlatiladigan eng zamonaviy format.
Video fayl kengaytmalari.
AVI
(Audio-video interleaved) – bu, juda ko‘p sonli videofayl-
larning kengaytmasi, lekin bu format yoki kodek emas. Bu Microsoft
tomonidan ishlab chiqilgan konteyner bo‘lib, u 4 turdagi oqimlarni
saqlay oladi. Bular video, audio, matn va midi.
Bu konteynerda mpeg-1 dan mpeg-4 gacha bo‘lgan har qanday
formatdagi video, har xil formatdagi tovushlar, har qanday kodek
kombinatsiyasi bo‘lishi mumkin.
Ushbu konteyner tarkibini aniqlash uchun siz kuchli Adobe
Premiere Prodan oddiy VideoToolBoxga (AVI faylida yashiringan)
ko‘p dasturlardan birini ishlatishingiz kerak.
WMV
(Windows media video) – bu, Microsoftning formati, aynan
shu formatda siz Windows bilan birga keladigan oddiy Movie Maker
video muharriri yordamida tayyorlangan videoni olasiz.
MOV
– Apple Macintosh – Quick Time formatidan tashqari, video,
grafik, animatsiya va 3D formatlarini ham o‘z ichiga olishi mumkin.
Ko‘pincha, ushbu formatni o‘ynash uchun sizga Quick Time pleyer
kerak bo‘ladi.
MKV
– (Matryoshka yoki Matroska) – bu, video, audio, taglavhalar,
menyular va boshqalarni o‘z ichiga oladigan konteyner. U ochiq kodga
ega va tez-tez uchrab turadi.