26
foydalanish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, ushbu operatsiyani tizim
blokini har bir tashishdan oldin bajarish kerak.
Gigiyena talablari tizimi.
Kompyuterdan uzoq vaqt foydalanish
odam sog‘lig‘ining yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
Gigiyena
standartlari va qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan holda kompyuter
bilan qisqa muddatli ishlash ham charchoqning
kuchayishiga olib
keladi. Kompyuter tizimining inson tanasiga zararli ta’siri murakkab.
Monitorning parametrlari ko‘rish organlariga ta’sir qiladi. Ish
joylarining jihozlanishi insonning mushak va skelet tizimi organlariga
ta’sir qiladi. Uskunaning kompyuter sinfidagi joylashuvi va undan
foydalanish tartibi tananing umumiy
psixofiziologik holatiga ham,
ko‘rish organlariga ham ta’sir qiladi.