O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/176
Sana17.05.2024
Hajmi6,82 Mb.
#239848
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   176
Bog'liq
F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova Raqamli

Ish joyiga qo‘yiladigan talablar.
Ish joyiga qo‘yiladigan talablar 
ishchi stol, o‘rindiq (stul), qo‘l va oyoq tayanchlariga qo‘yiladigan 
talablardan iborat. Ko‘rinadigan soddaligiga qaramay, kompyuter 
tizimining elementlarini to‘g‘ri joylashtirishni va foydalanuvchining
mos kelishini ta’minlash juda qiyin.
2.1-rasm. Monitorni ish stoliga o‘rnatish (a – to‘g‘ri, b – noto‘g‘ri).
2.2-rasm. Monitorni operatorning ko‘ziga nisbatan o‘rnatish 
(a – to‘g‘ri, b – noto‘g‘ri).
Muammoni to‘liq hal qilish uchun kompyuter tizimining alohida 
tugunlari narxi bilan taqqoslanadigan qo‘shimcha xarajatlar talab 
etiladi, shuning uchun kundalik hayotda va ishda bu talablar ko‘pincha 
e’tiborga olinmaydi.
O‘quvchilar kompyuter sinfida ko‘p vaqt o‘tkazmasalar ham, ularda 


29
foydali ko‘nikmalar umr bo‘yi davom etishini ta’minlash uchun to‘g‘ri 
mehnat gigiyenasiga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Bu nafaqat 
gigiyena talabi, balki uslub talabidir.
Monitor to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanuvchining oldida o‘rnatilishi kerak 
(2.1-rasm). Va bu boshni yoki tanani burishni talab qilmasligi kerak.
Ish stoli va o‘rindiq yetarlicha baland bo‘lishi kerak, shunda 
foydalanuvchining ko‘z darajasi monitor markazidan biroz yuqorida 
bo‘lishi kerak (2.2-rasm). Monitor ekranini yuqoridan pastga qarab 
ko‘rish kerak, aksincha emas. Hatto juda yuqori o‘rnatilgan monitor 
bilan qisqa muddatli ishlash ham umurtqaning bo‘yin qismini 
charchashiga olib keladi.
Agar monitorni ko‘z darajasiga nisbatan to‘g‘ri o‘rnatgan holda, 
foydalanuvchining oyoqlari polda erkin turolmasligi aniqlansa, oyoq 
tayanchini, egilgan holda o‘rnatish kerak (2.3-rasm). Agar oyoqlar 
ishonchli tayanchga ega bo‘lmasa, bu, albatta, umurtqa pog‘onasining 
yomon holatiga va charchoqqa olib keladi. Kompyuter mebellari (stol 
va ofis stullari) balandlikni sozlash uchun vositalarga ega bo‘lganda 
qulaydir. Bunday holda, optimal pozitsiyaga erishish osonroq.
2.3-rasm. Kompyuter operatorining ish joyi.


30
Klaviatura shunday balandlikda joylashgan bo‘lishi kerakki, barmoq-
lar uning ustida bo‘sh, kuchlanishsiz, yelka va bilak orasidagi burchak 
100-1100 ni tashkil qiladi. Oddiy maktab stollaridan foydalanganda bir 
vaqtning o‘zida monitor va klaviaturaning to‘g‘ri holatiga erishish deyar-
li mumkin emas. Ish uchun klaviatura tokchalari bilan maxsus kompyuter 
stollaridan foydalanish tavsiya etiladi. Agar bunday javon bo‘lmasa va 
klaviatura monitor bilan bir xil stolda joylashgan bo‘lsa, yarim oyoqlar-
dan (подставка) foydalanish deyarli muqarrar bo‘ladi,
Klaviaturadan uzoq muddat foydalanish bilak bo‘g‘imlarining 
charchashiga olib kelishi mumkin. Klaviaturada qo‘llarning noto‘g‘ri 
pozitsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy kasbiy kasallik – karpal tunnel 
sindromi mavjud. Bilakdagi ortiqcha zo‘riqishni oldini olish uchun 
poldan o‘lchangan balandlik klaviatura balandligiga to‘g‘ri keladigan 
ish stulidan foydalanish tavsiya etiladi.
Sichqonchani ishlatganda, qo‘lni osiltirib (на весу) qo‘ymaslik 
kerak. Qo‘lning tirsagi yoki hech bo‘lmaganda bilakni mahkam 
ushlab turadigan tayanch kerak. Agar ish stoli va stulni kerakli tartibga 
joylashtirishni tasavvur qilish qiyin bo‘lsa, maxsus qo‘llab-quvvatlovchi 
rolikli sichqoncha maydonchasidan foydalanish tavsiya etiladi.
Ko‘pincha qo‘l uchun tayanch sifatida (odatda o‘ngda) monitor 
foydalanuvchining yon tomoniga (mos ravishda, chapga) joylashtiriladi, 
shunda u yarim burilib, o‘ng qo‘lining tirsagi yoki bilagini stolda ushlab 
turadi. Ushbu usul noto‘g‘ri. Monitor to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanuvchi 
oldida joylashgan bo‘lishi kerak.

Download 6,82 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   176




Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish