31
qo‘shimcha ravishda tekshirish kerak. Bir vaqtning o‘zida barcha
ishlar uchun bunga erishish odatda qiyin. Mumkin bo‘lgan yechim –
derazalardagi pardalardan foydalanish
va umumiy hamda mahalliy
yoritishning sun’iy manbalarini o‘ylab joylashtirish lozim.
2.4-rasm. Sinfdagi kompyuterlarning joylashishi.
(a – noto‘g‘ri, b – to‘g‘ri)
Uzluksiz quvvat manbalari elektromagnit nurlanishining kuchli
manbalari hisoblanadi. Ular foydalanuvchi o‘rindiqlaridan imkon qadar
uzoqroqda joylashgan bo‘lishi kerak (2.4-rasm).
Mashg‘ulotlarni tashkil etishda
ularning davomiyligi muhim
rol o‘ynaydi, unga psixofiziologik yuklamalar bog‘liq. Yuqori sinf
o‘quvchilari uchun kompyuter seansining davomiyligi 30
daqiqadan
oshmasligi kerak. Kichik sinf o‘quvchilari uchun – 20 daqiqa.
Informatika darsining qolgan qismi o‘qituvchi bilan muloqotga va
darsliklarni o‘rganishga bag‘ishlangan.
Kompyuter sinfarida qurilmalar yetishmasligi sababli ba’zan
guruh
mashg‘ulotlari o‘tkazilib, bir ish joyida ikki-uch nafar talaba shug‘ullanadi.
Ushbu tashkiliy usul gigiyenik nuqtai nazardan qabul qilinishi mumkin
emas. Ba’zi talabalar monitorning yon tomoniga o‘tirishlariga to‘g‘ri
keladi, bu ko‘rish organlari va tayanch-harakat tizimiga salbiy ta’sir qiladi.
32
O‘quv jarayonida har bir talaba kompyuter bilan to‘g‘ri
ishlash
usullarini egallash imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun rejalashtirilishi
kerak.