O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/176
Sana17.05.2024
Hajmi6,82 Mb.
#239848
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   176
Bog'liq
F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova Raqamli

1.4-rasm.
 Ichki yonish dvigatelining piston holatining beshta asosiy 
tasviri.
Kompyuter texnologiyalari bu jarayonni ancha soddalashtirdi va 
osonlashtirdi. Bunday holda, endi 24 ta tasvirni yaratish shart emas, 
eng asosiylarini tanlash kifoya, tegishli dastur barcha oraliq tasvirlarni 
o‘zi hisoblab chiqadi va quradi. Masalan, ichki yonish dvigatelining 
piston holatining beshta asosiy tasviri. Bu dvigatelning uzluksiz ishlash 
harakatini yaratish uchun yetarli (1.4-rasm).
Multfilmlar yaratishning zamonaviy texnologiyalari ham komp-
yuter animatsiyasiga asoslangan “animatsion filmlar” atamasi tobora 
ko‘proq qo‘llanilmoqda. Eng oddiy animatsiya effektlari allaqachon 
oddiy Telegram ilova messenjeri va MS Office dasturlariga kiritilgan.
Zamonaviy kompyuterlar analog videoni juda yaxshi qayta ishlab 
chiqarishi mumkin, faqat buning uchun uni raqamliga o‘tkazish kerak. 
Video ma’lumotlar bilan samarali ishlash uchun video kartalar ishlatiladi.
Video signal manbalari har xil an’anaviy televizor yoki video-
magnitafon, iste’molchi yoki professional raqamli videokamera bo‘lishi 
mumkin. Video signalni raqamlashtirgandan so‘ng, odatda, maxsus 
dasturlar qo‘llaniladigan tartibga solish bosqichi keladi.
Foydalanuvchi videokliplarni tahrirlash, ularning rang soyalari va 
yorqinligini sozlash, to‘yinganlik va kontrastini, turli manbalardan 
signallarni aralashtirish va h.k. imkoniyatlarga ega.


16
Bir nechta video yozish formatlari mavjud. Ulardan ba’zilari 
CDROM diskidan standart Windows media pleyer bilan o‘qilishi 
mumkin. Bu katta afzallikka ega, chunki u maxsus apparat va dasturiy 
ta’minotni talab qilmaydi. Lekin tasvir sifati unchalik yuqori emas. 
Maxsus formatlar (DV – raqamli video) juda yuqori tasvir sifati va 
yozib olish zichligini ta’minlaydi, lekin maxsus uskunalar (DVD, 
yuqori samarali grafik karta qurimalari) va dasturiy ta’minotni talab 
qiladi.
Bundan tashqari, bunday disklarni yuqori sifatli ijro etish uchun 
kompyuter resurslari, birinchi navbatda protsessorning soat chastotasi 
va operativ xotira miqdori ortishi kerak. Shunga qaramay, kompyuter 
texnologiyalari taraqqiyoti shunchalik tez rivojlandiki, hozirda ham 
asosiy funksiyalari bilan bir qatorda, kompyuter magnitafon, radio 
qabul qilgich, televizor, videomagnitafon, faks, telefon va boshqalar 
sifatida ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari, uning signallarni qayta 
ishlash funksiyasi an’anaviy qurilmalarga qaraganda ancha yuqori.

Download 6,82 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   176




Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 6,82 Mb.
Pdf ko'rish