239
mumkin bo‘lgan nuqtalar(piksellar) sonini taxmin qilish mumkin.
Shuning uchun raqamlashtirilgan videoning gorizontal o‘lchamlari
uzluksiz analog qatorning raqamlashtirilgan tezligidan olinadi. An’anaga
ko‘ra, bu nisbat 768x576 va 640x480 piksel,
shuningdek, 720x576
pikselli rezolutsiyani tashkil qilishi mumkin (bu teleko‘rsatuvning
nazariy jihatdan mumkin bo‘lgan ravshanligiga taxminan mos keladi
va insonning antropometrik ko‘z ko‘rish burchagi bilan izohlanadi).
Pastroq vertikal piksellar sonini qo‘llash orqali, sifat pasayishi hisobidan,
olingan video hajmini sezilarli darajada kamaytirish mumkin.
Boshqa tomondan, video yozib olish
kartalari har doim videoni
bitta, asosiy piksellar sonida raqamlashtiradi va keyin raqamlashtirilgan
yozuvning o‘lchami “o‘tish paytida” o‘zgaradi (o‘lchamni kamaytirish
algoritmining sifati chipdan chipga sezilarli darajada farq qiladi).
Shunday qilib, Conexant bt8x8 va Rage Theater chiplaridan
foydalanganda, 480 pikseldan kam bo‘lgan
gorizontal ruxsatdan
foydalanish tavsiya etilmaydi ammo, Conexant cx2388x
va Philips
SAA713x chiplarida qator sonini 384 pikselgacha bo‘lgan gorizontal
ruxsatgacha ancha yaxshi qisqartirish imkoni mavjud.
Yuqorida tavsifangan sabablarga ko‘ra, tasvirga olish kartasi
tomonidan ruxsat etilgan maksimal gorizontal
piksellar sonidan
foydalanish tavsiya etiladi (masalan, DVD video tayyorlayotganda
720x576 piksel rezolutsiyani tanlash kerak) .