Videoni suratga olish muammolari.
Raqamlashtirish va videoga
olish asl videoyozuvning ijro tezligida sodir bo‘lganligi sababli,
kompyuterda olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va o‘z vaqtida
yozib olish uchun vaqt bo‘lishi kerak. Kompyuterning video yozib,
236
qayd etishi ishlamay qolishi mumkin bo‘lgan sabablari: qattiq diskda
yozish tezligining yetarli emasligi, dasturiy ta’minotni siqishdan
foydalanganda protsessorning quvvati yetarli bo‘masligi(tanlangan
siqishni algoritmida kadrni 40 ms ichida siqish uchun vaqt yetarli emas),
tasvirga olish paytida kompyuter resurslari qo‘shimcha vazifalarni
bajarishga “yo‘naltirilgan” (masalan, yozib olish amalga oshiriladigan
faylni almashtirish paytida) bo‘lsa, tizim o‘z vazifalari (masalan,
“swapping” fayli bilan ishlash) yoki boshqa foydalanuvchi dasturlar
bajarishga vaqt olib qolayotgan bo‘lsa.
Tasvirga olishdan oldin qattiq diskni videoga olish uchun tayyorlash
kerak, protsessor tanlangan sozlamalar bilan tanlagan format uchun
videoni siqish uchun yetarli quvvatga ega yoki yo‘qligini tekshirish
(bir necha daqiqali video fragmentni sinovdan o‘tkazish maqsadga
muvofiq) kerak. Videoni tasvirga olayotganda, suratga olish uchun
zarur bo‘lgan kompyuter resurslaridan (protsessor, disk quyi tizimidan)
faol foydalanadigan boshqa dasturlar bilan ishlashdan bosh tortish
tavsiya etiladi.
Agar kompyuterning kiruvchi freym(kadr)lar oqimini qayta
ishlashga vaqti bo‘lmasa, u holda ba’zi kadrlar o‘tkazib yuboriladi.
Video va tovushni raqamlashtirish turli xil qurilmalar tomonidan amalga
oshiriladi, shuning uchun video kadrlarni o‘tkazib yuborish soundtrack
(tovush yo‘lakchasi) bilan sinxronizatsiyani yo‘qotishiga olib keladi.
Shunda agar 25 ta tushib ketgan kadrlar bo‘lsa tovushga nisbatan video
ketma-ketligida 1 sekunga kechikishiga olib keladi, shuning uchun
5 – 10 dan ortiq tushirilgan kadrlar bilan qayd qilingan yozuvlarni saqlash
tavsiya etilmaydi, undan ko‘ra yana qayta tasvirga olish yaxshiroqdir.
To‘g‘ri sozlangan tizim bilan o‘tkazib yuborilgan kadrlarsiz bir necha
soatlik video olish mumkin.
Tushgan kadrlar va video/audio sinxronlash bilan bog‘liq yana bir
keng tarqalgan muammo bu video kassetaning o‘zidan tushib qolgan
kadrlari hisoblanadi. Vaqt o‘tishi bilan magnit lenta eskirganligi sababli,
yangi kadrning boshlanishini belgilovchi ba’zi sinxronlash impulslari
beqaror bo‘lishi yoki umuman o‘qilmasligi mumkin. Raqamlash kartasi
bunday joyda kadrni o‘tkazib yuboradi va raqamlashtirilgan yozuvda
audio va videoning biroz sinxronligini buzilishiga olib keladi. Yozuvda
237
sinxronlashda bunday nosozliklar ko‘p bo‘lsa, uni raqamlashtirish katta
muammoga aylanadi.
Vaziyat, odatda, tovushyo‘lakchasini raqamlashtiruvchi ovoz
kartasi ishi bilan videoni raqamlashtirish qurilmasi orasida hech qanday
tarzda sinxronlashtirilmagan qurilma tomonidan amalga oshirilishi
bilan yanada og‘irlashadi. Tovushni raqamlashtirishni sinxronlashtirish
muammosini hal qilish uchun ba’zi zamonaviy video tasvirga olish
kartalari (masalan, Philips SAA7134 chipi) ovozni raqamlashtirish
funksiyasini o‘z ichiga olib, raqamlashtirilgan audio yozib olish
dasturiga PCI shinasi orqali uzatiladi (mos ravishda, yozib olish dasturi
ham mazkur xususiyatni, albatta, qo‘llab-quvvatlashi kerak bo‘ladi).
Tushgan kadrlarni qoplash uchun maxsus mexanizm mavjud va u
tushirilgan kadrlar (D-kadrlar delay – tutilgan degan inglizcha so‘zdan
olingan) deb ataladi. Agar tasvirga olish dasturi biron sababga ko‘ra
to‘g‘ri raqamlangan kadrni saqlay olmasa, u o‘tkazib yuborilgan
kadrning o‘rniga faqat tutilgan oldingi kadrni ko‘rsatadi. DirectX
9b-dan boshlab tushirilgan kadrlarni qo‘shish algoritmi sezilarli
darajada yaxshilanib, tasvirga olish dasturlari DirectShow interfeysidan
foydalangan holda tizimni o‘zidagi algoritmlarni yoki yangitdan taklif
qilinayotgan va algoritmdan foydalanish imkononi yaratgan (masalan,
iuVCR va Virtual VCR muqobil algoritmlarni o‘z ichiga oladi).
VfW interfeysidan foydalangan holda tasvirga olish dasturlari “qo‘lda”
sinxronizatsiya algoritmlarini amalga oshirishlari kerak bo‘ladi. Biroq,
tushirilgan kadrlar bilan ishlash mexanizmiga ega bo‘lish sinxronizatsiya
ta’minlanganligini anglatmaydi; Ushbu mexanizm raqamlashtirish
jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi
kerak. Suratga olish dasturi (yoki DirectShow tizimi), suratga olish
kartasi drayveri (agar u raqamlashtirish jarayonida ishtirok etsa, ovoz
kartasi), suratga olish kartasi apparati va videoregistrator uskunalari
(videokameralar). Sinxronizatsiya impulsi zaif bo‘lsa, video suratga olish
kartasi kadr tushib ketganligini aniq bila olmaydi. Tushgan kadrlarni
aniqlash mexanizmining nomukammalligi tufayli raqamlashtirilgan
yozuvga juda ko‘p yoki juda kam D-kadrlar qo‘shilishi ham mumkin.
Yuqori sifatli video jihozlardan foydalanish eskirgan yozuvlarni
kadrlarni tushirmasdan yaxshiroq ijro etish imkonini beradi. Ideal variant
238
– bu, TBC (time base correction) funksiyasiga ega videomagnitofon
orqali raqamlashtirishdir. Magnitofon uskunasi kadrlarni o‘tkazib
yuborishni nazorat qiladi va o‘tkazib yuborilganlar o‘rniga o‘zi
sinxronlash impulslarini hosil qiladi, bunday magnitafondan chiqishda
doimiy kadr tezligiga ega video yozuv olinadi. Afsuski, Windows AVI
formati uchun muammoning universal va oddiy yechimi yo‘q.
Microsoft Windows AVI konteyner formati video davomida doimiy
kadr tezligini nazarda tutadi. Har qanday katta vaqt oralig‘ida haqiqiy
kadr tezligi va o‘rtacha kadr tezligi o‘rtasidagi ozgina tafovutlar
sinxronizatsiyaning yo‘qolishiga olib keladi (200 ms ichida mos
kelishmovchilik ham seziladi).
Ba’zan kadr tezligi doimiy ravishda o‘zgarib turadigan yozuvni
raqamlashtirish kerak bo‘ladi (masalan, eski video tasmalarda). Bunday
yozuvni AVI fayliga yozib olish natijasida, albatta, sinxronlashdan chiqib
ketilib, tovush treki yoki videodan orqada qoladi. Undan oldinlab ketib,
bu esa o‘rtacha kadr tezligi va videoning o‘rtacha tezligi o‘rtasidagi
nomuvofiqlikning natijasini bildiradi. Ushbu yozuvlarni yozib olishning
ideal varianti vaqt bazasi (TBC (time base correction)) yozuvchisidan
foydalanishdir. Bunday yozuvlarni suratga olishning yana bir mumkin
bo‘lgan varianti – suratga olishda MPEG-1/2 yoki Matryoshka konteyner
formatidan foydalanishdir, chunki ular videoda o‘zgaruvchan kadr
tezligini ta’minlaydi (albatta, bunday yozuvlarni desinxronizatsiyasiz
AVI-konteynerda saqlash mumkin emas).
|