234
Uning qatorida 5 ta oq va 4 ta qora chiziqlar bo‘lsin.
Ushbu rasmni 10 vertikal pikselga ega grafik faylga
saqlashimiz mumkin (10x10 pixel).
Ushbu rasmni 20 pikselga ega grafik faylga ham
saqlash mumkin. Bu tasvir o‘lchamini 2 marta
kattalashuviga olib kelib, tiniqligiga deyarli ta’sir
etmaydi. Ammo faylning o‘chami 2 marta oshadi
(20x20 pixel).
Endi, shu tasvirni 8 pikselga (8x8 pixel) ega grafik
faylga saqlansa, tasvir mutloqa o‘zgaradi va 3 ta
qora hamda 4 oq chiziqga aylandi
Shunday qilib, tasvirning tinigligi ushbu tasvir yozilgan rezolutsiya
(piksellar soni)ga bog‘liq emasligini ko‘rish mumkin. Agar rezolutsiyasi
tasvirning tiniqligidan (tasvir farqli elementlaridan ya’ni chiziqlardan)
past bo‘lmasa. Tasvirning aniqligidan pastroq bo‘lgan faylga tasvirni
saqlash tasvirni ravshanligini pasayishiga olib keladi. Demak,
ikkita oddiy qoidaga amal qilinadi. Bir tomondan, raqamlashtirilgan
videoning o‘lchamlari asl videoning ravshanligidan past bo‘lmasligi
kerak. Boshqa tomondan, videoni juda yuqori aniqlikda saqlashning
ma’nosi yo‘q, chunki bu aniqlik qo‘shmaydi, lekin qo‘shimcha xotirani
egallaydi.
10.2. Video montaj
Videoni montaj qilish uchun birinchi navbatda, kompyuterning qattiq
diskida videoning raqamli nusxasini olish kerak. Video signalni raqamli
shaklda yozib olish operatsiyasi “video tasvirga olish” “захват видео”
(video capture) deb ataladi. Analog video signal birinchi navbatda raqamli
shaklga aylantirilishi kerak – raqamlashtirilishi lozim. Videoni suratga
olish va raqamlashtirish jarayonlari bir vaqtning o‘zida sodir bo‘ladi,
shuning uchun bu atamalar ko‘pincha bir-birining o‘rnida ishlatiladi.