• Ovoz kommutatori.
  • Raqamli video manbalari.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet142/176
    Sana17.05.2024
    Hajmi6,82 Mb.
    #239848
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   176
    Bog'liq
    F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova Raqamli

    Adapterlar(Moslashtirgichlar).
    S-videodan RCA ga (“tulpan”) 
    adapterlar mavjud bo‘lib, ular S-video signalini kompozitga aylantiradi. 
    Ular ikki xil: ulardan biri monoxrom tasvirni beradi (faqat yorqinlik 
    komponentini), ikkinchisi – rangli tasvir hosil qiladi.
    Ovoz kommutatori.
     
    Analog video manbayi ulanganda audio signal 
    alohida kabellar orqali uzatiladi. Tasvirga olish kartalarida odatda 1/4 
    dyuymli (mini-jak; ovoz kartasidagi eshitish uchun ishlatiladigan 
    razyomga o‘xshash) bo‘ladi. Videoga olish jarayonida deyarli har 
    doim kompyuterning ovoz kartasi avtonom ravishda o‘zi tovushni 
    raqamlashtirish bilan shug‘ullanadi.
    Video signal manbalaridagi audio chiqishlar aksariyat hollarda RCA 
    “tulpan” ulagichi shaklida amalga oshiriladi: bittasi mono tovush uchun 
    yoki ikkitasi stereo tovush uchun. Shunga ko‘ra, videoning saundtrekini 
    almashtirish uchun sizga RCA dan RCA ga mos keladigan kabel yoki 
    kabel va RCA dan mini-jakka adapter kerak bo‘ladi.


    229
    Raqamli video manbalari.
     
    Raqamli video signallarning manbalari 
    sifatida faqat raqamli videokameralar ko‘rib chiqiladi. Boshqa raqamli 
    video manbalari – Video CD va DVD disklarni kompyuterdagi tegishli 
    qurilmalar (CD yoki DVD) yordamida osongina o‘qiladi va ishlatiladi.
    Barcha DV / Digital8 / MicroMV raqamli videokameralari IEEE 
    1394 (FireWire) interfeysiga ega bo‘lib, ular orqali kompyuterga ulanadi. 
    Zamonaviy ona platalarda o‘rnatilgan IEEE 1394 kontrolleri mavjud va 
    alohida interfeys kartasini sotib olish ham qiyin emas. Kamerani ulash 
    uchun kabel sizga yana 2 – 3 dollar turadi (20 – 30 dollarga qimmat 
    markali kabelni sotib olishning hojati yo‘q, ma’lumotlar raqamli shaklda 
    bo‘lganligi sababli yo‘qotishlarsiz uzatiladi). IEEE 1394 ulagichlarining 
    bir nechta turlari mavjud, shuning uchun kabel sotib olayotganda ehtiyot 
    bo‘lish kerak. Hozirgi zamon raqamli kameralar yana bir iterfeys USB 
    bilan boyitilgan bo‘ladi. 
    Raqamli kamera tomonidan yozilgan audio ham raqamli kodlangan 
    va video bilan birga uzatiladi (bir raqamli ulanish orqali va umum 
    ma’lumotlar oqimida).
    Albatta, raqamli videokamerani analog interfeys orqali ulash 
    mumkin, ammo “raqamli-analog-raqamli” signalning ikki marta 
    konvertatsiyasi tasvir sifatiga foyda keltirmaydi.

    Download 6,82 Mb.
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   176




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish