• Ovozni raqamlashtirish va yozib olish.
  • Raqamlashtirilgan videoning yorqinlik diapazoni




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet152/176
    Sana17.05.2024
    Hajmi6,82 Mb.
    #239848
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   176
    Bog'liq
    F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova Raqamli

    Raqamlashtirilgan videoning yorqinlik diapazoni. 
    Raqamli video 
    standartlari (masalan, ITU-R VT 601) mumkin bo‘lgan piksel yorqinligi 
    qiymatlarining ikkita diapazonini (luminance levels – yorqinlik darajalari) 
    nazarda tutadi: to‘liq (PC scale – kompyuter shkalasi) – 0 – 255; televizor 
    (TV-scale – TV shkalasi bu eski analog televideniyasiga tegishli) 16 – 235. 
    Kompyuter texnologiyasi televizorlarga qaraganda kengroq yorqinlikni 
    qayta ishlab chiqarishga qodir deb hisoblashadi. DVD video pleyerlar, 
    raqamli videokameralar va boshqa iste’molchi uskunalari televizor 
    shkalasi diapazonidan foydalar edi, shuning uchun eski analog televizorda 
    ko‘riladigan videolarni yaratishda yozuvni bir xil diapazonga yetkazish 
    yaxshiroqdir. Ba’zi shaxsiy kompyuterni tasvirga olish kartalari televizor 
    (eski rusumdagilari) shkalasidan foydalanadi, boshqalari esa to‘liq 
    kompyuter shkalasidan foydalanadi. Yorqinlik diapazonini o‘zgartirish 
    uchun maxsus Levels filtridan foydalanish qulay. Yodda tutingki, tasvirga 
    olish yorqinligi va kontrast sozlamalari raqamlashtirilgan videoning 
    ishlatilgan yorqinlik diapazoniga ta’sir qiladi.
    Televizor shkalasida kompyuterda video yozuvlarni qulay ko‘rish 
    uchun video karta sozlamalarida video displey xususiyatlarini sozlash 
    kerak bo‘lardi.
    Ovozni raqamlashtirish va yozib olish. 
    Siqilmagan tovushni yozishda 
    agar, 48kHz/16bit/Stereo formati qo‘llanilsa, ma’lumotlar oqimi atigi 
    187KB/s (0,67 GB / soat) ni tashkil qilib, mono tovush uchun esa bu uning 
    ham yarmiga to‘g‘ri keladi. Ushbu ma’lumotlar oqimi video ma’lumotlar 
    oqimidan ancha kichikroq, shuning uchun audio yozish uchun siqilmagan 
    format – PCM dan foydalanish tavsiya etiladi. Ovozni tez siqish natijasida 
    olingan yozuvda video va audio sinxronizatsiya buzilishining eng keng 
    tarqalgan sabablaridan biri hisoblanadi.
    PCM formatidagi ovozdan videoni tahrirlashda ham foydalanish 
    qulay: birinchidan, audio yozuvning “kadrlari” video kadridan ancha 
    qisqaroq davomiylikka ega, bu esa videoni kesish va joylashtirishda 
    tovushni aniq kesish va yopishtirish imkonini beradi; ikkinchidan, tovush 
    ma’lumotlarining “kadrlari” bir-biriga bog‘liq emas (agar tovushning 


    243
    boshlanishini kesib tashlansa, unda uning davomi o‘zgarmaydi). Har 
    qanday audio siqishni qo‘llash orqali ikkala afzalliklar ham yo‘qotiladi 
    (masalan, MP3 formatida “kadr” uzunligi 26 ms ni tashkil qiladi va har 
    bir “kadr” ning ovozi avvalgisiga bog‘liq. PCM tovush formatida “kadr” 
    atamasi o‘rniga “namuna” yoki “sempl” atamasidan foydalaniladi, MP3 
    uchun esa “blok” atamasi ishlatiladi; bu yerda “kadr” atamasi faqat videoga 
    o‘xshatishlik tarzda qo‘llaniladi).

    Download 6,82 Mb.
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   176




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamlashtirilgan videoning yorqinlik diapazoni

    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish