Notiqlik san'ati kursining maqsadi va vаzifаlагi




Download 0,92 Mb.
bet1/4
Sana15.05.2024
Hajmi0,92 Mb.
#234735
  1   2   3   4
Bog'liq
1-ma\'ruza

Notiqlik san'ati kursining maqsadi va vаzifаlаri

Reja:

  • 1.Notiqlik san'ati kursining maqsadi va vazifalari.
  • 2. Nutq madaniyati tushunchasi,
  • 3.Notiqlik san'ati kursining lingvistik va nolingivistik sоhаlаr bilan aloqasi,

Adabiyotlar:

  • N.Mаhmudоv O'qituvchi nutqi madaniyati, - Toshkent 2007,
  • Расулов Р., Ниёзметова Р. Нутк маданияти ва нотиклик санъати, Toshkent, Fаn-texnologiya, 2009.
  • 3.Karnegi D.O’z-o’ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so'zlash san'ati. - Toshkent, 2010

Notiqlik san’ati- bu fikrlarni til-vositalari bilan to’g’ri, aniq va ta’sirchan qilib bera olishdir. Keng ma’noda esa nutq madaniyati nutqiy ta’sirchanlikni, ijodiy yorqinlikni, o’tkirlik va ifodalilikni bildiradi. Nutq madaniyati tushunchasi ikki xildir.
Nutqning adabiy til me’yorlariga mos kelishi darajasi.
Tilshunoslik fanining bir bo’limi, ya’ni adabiy tilni yanada takomillashtirish, me’yorlash bilan shug’ullanuvchi soha.
Fikrni til vositalari bilan to’g’ri, aniq va ta’sirchan bayon qilishning bosh qoidalariga notiqlik san’ati asoslari deyiladi.
Uslubiy me’yorlarni yaxshi bilmay, ularni mukammal egallamay turib, madaniy nutqqa erishib bo’lmaydi.
Bu kursning asosiy maqsadi ommaning umummadaniy saviyasini yuksaltirishga hissa qo’shish hamda maktab o’quvchilari va talabalarga nutq madaniyati tarixidan ma’lumot berish, ulkan notiqlar, adiblar, so’z ustalarining nutq madaniyatini rivojlantirish borasida qilgan ishlarini o’rganish va ularga baho berishdan iboratdir.
Nutq madaniyati va uslubiyat masalalari bo’yicha atroflicha tushuncha berish, kishilarning madaniy nutq malakasini shakllantirish shu bilan birga yaxshi nutqni baholash va targ’ib qilishdan iborat. U tilda ma’lum me’yorga keltirilgan til birliklarining nutqda qo’llanish shart-sharoitlarini, qonuniyatlarini nazariy jihatdan asoslaydi. Hamda bu me’yorlarga amal qiladi, ma’lum ma’noda nazorat qilib boradi. Bunda nutqdagi yutuq va kamchiliklar ham tahlil qilinib, ularni tugatishning eng ma’qul yo’llari ko’rsatib beriladi. Umuman olganda, nutqning adabiy til bilan munosabati masalasi bu kursning asosiy xususiyatidir.
Kursning vazifasi
Notiqlik san’ati fanining shakllanishi birinchi marta Praga lingvistik to’garagi tomonidan o’rtaga qo’yilgan edi. Keyinchalik rus tilshunosligi Moskva va Leningrad maktablari olimlari tomonidan rivojlantirildi.
Bu sohada L.V.Sherba, G.O.Vinokur, V.V.Vinogradov, S.I.Ojegov, Ya.N.Gvozdev, A.I.Efimov, B.N.Golovin, Ya.I.Skvorsov kabi olimlar samarali mehnat qildilar.
Nutq madaniyati masalalari bilan shug’ullanish o’zbek tilshunosligida 60-yillardan boshlandi. Qator ilmiy maqollar, qo’llanmalar nashr qilindi va bu borada jiddiy izlanishlar hozir ham davom etmoqda.
1969-yilda Toshkentda o’zbek tili nutq madaniyatiga bag’ishlab birinchi respublika konferentsiyasida S.Irohimov, O.Usmonov, Q.Xonazarov kabi olimlar o’qigan ma’ruzalarda ham shu fan asosi belgilab berildi.
O’zbek nutqi madaniyati va uslubiyatini o’rganish bo’yicha 1980-yilda “Nutq madaniyati asoslari” o’quv dasturi asosida R.Qo’ng’irov, E.Begmatov, Yo.Tojievlarning “Notiqlik san’ati va uslubiyat asoslari” kitobi “O’qituvchi” nashriyoti tomonidan 1992 yilda nashr qilindi.
Nutq madaniyati-nutqning to’g’riligi, grammatika bilan uzviy bog’liqligidir. Notiqlik san’ati deb yuritilayotgan tushunchani til hodisasi sifatida va nihoyat amaliy til jarayoni nutqiy jarayon sifatida aniqlashtirish lozim bo’ladi.
Bir qator olimlarimiz nutq madaniyati tilshunoslikning bir bo’limidir degan fikrni ilgari surdilar. Masalan: V.G.Kostamorov, V.S.SHvarskoplar notiqlik san’atini tilshunoslikning maxsus bo’limi deb asoslab, adabiy tilning jonli normalarini tilning boy uslubiy imkoniyatlarini va ularning qo’llash qonuniyatlarini o’rganishni talab etishini qayd qiladilar.
Tilshunos Petrushkov esa “Notiqlik san’ati” fanining ilmiy tarmog’i sifatida tilshunoslik bilan bir qatorda estetika, odobnoma, ijtimoiy fanlar bilan ham hisoblashmog’i kerakligini ta’kidlaydi. Boshqa fanlar bilan yaqindan aloqador bo’lgandagina notiqlik san’ati o’zining mukammal taraqqiyotini yarata oladi va jamiyat uchun salmoqli ta’sirini o’tkaza oladi, deb yozadi.
Kishi nutqida noaniqlikka, ikki ma’nolilikka, uzundan uzoqlikka yo’l qo’ymasligi, aksincha, qisqalik, aniqlik va soddalik uning o’lchovi bo’lishi lozim. O’zbek tiliga chetdan kirib kelgan birliklarning me’yorlanish sabablarini shu tarzda anglaydigan bo’lsak, so’zlarning paydo bo’lish omillarini ham to’g’ri tushunib olamiz.

Download 0,92 Mb.
  1   2   3   4




Download 0,92 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Notiqlik san'ati kursining maqsadi va vаzifаlагi

Download 0,92 Mb.