|
Notiqlik san'ati kursining maqsadi va vаzifаlагi
|
bet | 2/4 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 0,92 Mb. | | #234735 |
Bog'liq 1-ma\'ruza
Til aloqa vositasi
Nutq aloqa shakli
Ma’lumki, har bir davrning adabiy til normalari mavjud bo’lgan. A.Navoiy ijod qilgan XV- asrda o’z til normalari mavjud bo’lgan bo’lsa, XIX asr adabiyotining ilg’or vakillari o’z asarlarini xalq tiliga yaqinlashtirishga intilib, adabiy tilga yangi normativ hodisalarni kirib kelishiga sabab bo’ladilar. - Ma’lumki, har bir davrning adabiy til normalari mavjud bo’lgan. A.Navoiy ijod qilgan XV- asrda o’z til normalari mavjud bo’lgan bo’lsa, XIX asr adabiyotining ilg’or vakillari o’z asarlarini xalq tiliga yaqinlashtirishga intilib, adabiy tilga yangi normativ hodisalarni kirib kelishiga sabab bo’ladilar.
Til madaniyati deyilganda, uning so’z boyligi, sintaksisining taraqqiyoti va boyishi darajasi, so’z ma’nolarining o’tkirligi, nutqiy ohangning rang-barangligi tushuniladi. Nutq madaniyati, uning aloqaviy fazilatlari yig’indisi, tuzumi bo’lib, ular til madaniyati, til faoliyatida qiynalmaslik, matnning mazmuniy vazifasi va imkoniyati kabi har xil sharoitlarga bog’liq. Til madaniyati til vositalarining boyligi va rang-barangligidan iborat bo’lib, bu tildan foydalanuvchilar ongida yashaydi. Qaysi shaxs til madaniyatida tegishli vositalarni o’zlashtirgan bo’lsa, uning nutqi shu darajada madaniyatli bo’ladi. - Til madaniyati deyilganda, uning so’z boyligi, sintaksisining taraqqiyoti va boyishi darajasi, so’z ma’nolarining o’tkirligi, nutqiy ohangning rang-barangligi tushuniladi. Nutq madaniyati, uning aloqaviy fazilatlari yig’indisi, tuzumi bo’lib, ular til madaniyati, til faoliyatida qiynalmaslik, matnning mazmuniy vazifasi va imkoniyati kabi har xil sharoitlarga bog’liq. Til madaniyati til vositalarining boyligi va rang-barangligidan iborat bo’lib, bu tildan foydalanuvchilar ongida yashaydi. Qaysi shaxs til madaniyatida tegishli vositalarni o’zlashtirgan bo’lsa, uning nutqi shu darajada madaniyatli bo’ladi.
Markaziy Osiyo madaniyati tarixida ham o`zbek nutqi madaniyati bilan shug`ullanish o`ziga xos mavqega egadir. Mashhur turkolog M.Koshg`ariyning «Devoni lug`atit turk» asari bu masalaning juda qadimdan o`rtaga qo`yib kelinganligidan guvohlik beradi. U davrda shartli ravishda nutq odobi deb yuritilgan qoida va ko`rsatmalarda sodda va o`rinli gapirish, qisqa va mazmundor so`zlash, ezmalik, laqmalikni qoralash, keksalar, ustozlar oldida nutq odobini saqlash, to`g`ri, rost va dadil gapirish, yolg`onchilik, tilyog`lamalikni qoralash va boshqalar haqida gap boradi. Ahmad Yuknakiyning «Hibatul-haqoyiq» (XIII asr), Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig» (XI asr), Ahmad YAssaviyning «Hikmat»larida shuningdek, «Qobusnoma» asarida nutq odobi borasida qadimiy turkiy xalqlar, jumladan o`zbeklar, amal qilgan asosiy qonun-qoidalar, rasm-rusum va an`analar, jamoaviy me`yorlar mohirlik bilan umumlashtirilgan. - Markaziy Osiyo madaniyati tarixida ham o`zbek nutqi madaniyati bilan shug`ullanish o`ziga xos mavqega egadir. Mashhur turkolog M.Koshg`ariyning «Devoni lug`atit turk» asari bu masalaning juda qadimdan o`rtaga qo`yib kelinganligidan guvohlik beradi. U davrda shartli ravishda nutq odobi deb yuritilgan qoida va ko`rsatmalarda sodda va o`rinli gapirish, qisqa va mazmundor so`zlash, ezmalik, laqmalikni qoralash, keksalar, ustozlar oldida nutq odobini saqlash, to`g`ri, rost va dadil gapirish, yolg`onchilik, tilyog`lamalikni qoralash va boshqalar haqida gap boradi. Ahmad Yuknakiyning «Hibatul-haqoyiq» (XIII asr), Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig» (XI asr), Ahmad YAssaviyning «Hikmat»larida shuningdek, «Qobusnoma» asarida nutq odobi borasida qadimiy turkiy xalqlar, jumladan o`zbeklar, amal qilgan asosiy qonun-qoidalar, rasm-rusum va an`analar, jamoaviy me`yorlar mohirlik bilan umumlashtirilgan.
|
| |