|
Notiqlik san'ati kursining maqsadi va vаzifаlагi
|
bet | 3/4 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 0,92 Mb. | | #234735 |
Bog'liq 1-ma\'ruzaBu o`rinda tilga olingan barcha asarlardagi nutq odobiga oid barcha fikrlarni keltirish imkoni bo`lmagani uchun Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig» asarida nutq odobi (o`zbek nutqi madaniyatiga oid ilgari surilgan fikrlar mazmunini keltirish bilan kifoyalanamiz. Ular quyidagilar: - Bu o`rinda tilga olingan barcha asarlardagi nutq odobiga oid barcha fikrlarni keltirish imkoni bo`lmagani uchun Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig» asarida nutq odobi (o`zbek nutqi madaniyatiga oid ilgari surilgan fikrlar mazmunini keltirish bilan kifoyalanamiz. Ular quyidagilar:
- Tiling bilan diling bir bo`lsin.
- Til qadimiy ajdodlardan qolgan ulug` merosdir, uning qadriga yet.
- Yozuv, yozma nutq ulug` vositadir, uning qadriga et.
- Til baxt, shu bilan birga baxtsizlik keltiradi, o`ylab, ehtiyot bo`lib so`zla.
- Yolgon so`zlama, rost, chin gapirishga odatlan.
- Tilingni noo`rin, keraksiz so`zlardan tiy.
- Nutqingni, tilingni ko`p so`zdan, ezmalik qilishdan saqla.
- Tilingni dag`al, qo`pol, xunuk so`zlardan saqla, xushmuomala bo`l.
- G`iybat, chaqimchilik qilma, mayda gaplardan qoch, saqlan.
- O`zingdan yoshi katta, ulug`lar nomidan gapirishga odatlanma va boshqalar
1. Til madaniyati, ya`ni adabiy til madaniyati
2. Adabiy tildan to`g`ri foydalanish bilan bog`liq, bo`lgan o`zbek nutqi madaniyati.
Madaniy nutq deb, tilning mavjud barcha vositalari va imkoniyatlaridan maqsadga muvofiq tarzda o`rinli, unumli foydalanilgan nutqda aytiladi. O`zbek nutqi madaniyati esa ana shu tilni, aloqa aralashuv qurolini ishlatishga bo`lgan ongli munosabatdir. Bu munosabat qanchalik yuqori bo`lsa, nutq ham shunchalik madaniy bo`ladi.
Demak, ikki hodisani farqlash lozim.
Madaniy nutq malakasini hosil qilish, nutq madaniyatiga erishish, hech shubhasiz, adabiy til me`yorlariga amal qilishga bog`liqdir. Adabiy til me`yorlari talabiga rioya qilish notiq nutqini umumtushunarli qiladi, unta adabiylik, to`g`rilik xususiyatlarini baxsh etadi. Shu bilan birga, har qanday nutq alohida shaxslarning o`ziga xos faoliyati va ijodidir hamda u ko`p holda betakrorligi bilan ajralib turadi. Nutqning individual faoliyat ekani har bir shaxs bilganicha gapiraveradi degan gap emas. Har qanday nutq ma`lum aniq tinglovchiga, shaxsga, jamoaga qaratilgan bo`ladi. Demak, nutq ana shu shaxs yoki jamoaga tushunarli bo`lishi lozim. Mana shu ma`noda nutq oldiga ma`lum umumiy talablar qo`yiladi, bu talablar, bir tomondan, lisoniy omillarga, ikkinchi tomondan, nolisoniy omillarga bog’liqdir. - Madaniy nutq malakasini hosil qilish, nutq madaniyatiga erishish, hech shubhasiz, adabiy til me`yorlariga amal qilishga bog`liqdir. Adabiy til me`yorlari talabiga rioya qilish notiq nutqini umumtushunarli qiladi, unta adabiylik, to`g`rilik xususiyatlarini baxsh etadi. Shu bilan birga, har qanday nutq alohida shaxslarning o`ziga xos faoliyati va ijodidir hamda u ko`p holda betakrorligi bilan ajralib turadi. Nutqning individual faoliyat ekani har bir shaxs bilganicha gapiraveradi degan gap emas. Har qanday nutq ma`lum aniq tinglovchiga, shaxsga, jamoaga qaratilgan bo`ladi. Demak, nutq ana shu shaxs yoki jamoaga tushunarli bo`lishi lozim. Mana shu ma`noda nutq oldiga ma`lum umumiy talablar qo`yiladi, bu talablar, bir tomondan, lisoniy omillarga, ikkinchi tomondan, nolisoniy omillarga bog’liqdir.
|
| |