• Qayta ishlash.
  • Video va ovozni aralashtirish (muxing)




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet160/176
    Sana17.05.2024
    Hajmi6,82 Mb.
    #239848
    1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   176
    Bog'liq
    F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova Raqamli

    Video va ovozni aralashtirish (muxing). 
    AVI konteyneridan 
    foydalanganda, olingan videoni montaji uchun deyarli har qanday video 
    muharriridan foydalanish mumkin (AVI-ni faqatgina Windows Movie 
    Maker qo‘llab-quvvatlamay, faqat WMV fayllarini saqlaydi). Agar 
    OGM yoki “Matroska” konteyneridan foydalanmoqchi bo‘linsa, unda 
    maxsus dasturlar kerak bo‘ladi (
    OGM mux
    utilitasi (yordamchi dasturi) 
    yoki 
    Matroska mux
    uchun yordamchi dasturlar). Shu bilan bir qatorda 
    VirtualDubMod yoki AVIMux_GUI, universal mux (demux) video 
    yozish dasturidan foydalanish mumkin. Shuningdek, ushbu dasturlar 
    yakuniy video faylga bir nechta audio treklarni va (yoki) bir nechta subtitr 
    variantlarini kiritish imkonini beradi.
    Qayta ishlash. 
    Raqamlashtirish va tasvirga olish natijasida olingan 
    videoyozuv, saqlash uchun uncha mos emas. O‘lchamlari asossiz 
    ravishda oshirib yuborilgan, tasvirda shovqin va analog yozuvlarga xos 
    buzilishlar mavjud. Fayl hajmi juda katta. Shuning uchun, video biroz 
    ishlov berishni talab qilib, qatorlararo(interlacing) artefaktlarni yo‘q 
    qilish, piksellar sonini kamaytirish, shovqinni yo‘q qilish kerak bo‘ladi.
    Oddiy video tahrirlash va montaj uchun bir nechta bo‘laklarni kesib 
    olish, bir nechta yozuvlarni yopishtirish va hokazolar uchun VirtualDub 
    ham yetarli. Ulardan eng oddiyi Windows tarkibidagi yoki Microsoft 
    veb-saytidan bepul yuklab olish mumkin bo‘lgan Windows Movie 
    Maker dasturidir. Boshqa quvvatli tahrirlovchilar qatoriga Pinnacle 
    Studio 9, Ulead Media Studio va Adobe Premiere kiradi. Ularning 
    barchasi funksionallikgi, ishlash tezligi va taqdim etilgan filtrlar soni 
    bilan farqlanadi (barcha dasturlarda Internetda topish mumkin bo‘lgan 
    qo‘shimcha filtrlar mavjud).
    Murakkab video muharrirlari o‘zlarining haddan tashqari ko‘p 
    qirraliligi tufayli odatdagi vazifalarni juda sekin bajaradilar (VirtualDub 
    DV kamerasidan video yozishni odatiy qayta ishlashni Adobe Premiere 
    7 ga qaraganda taxminan yetti baravar tezroq amalga oshiradi). Shuning 
    uchun, oddiy dastur (VirtualDub) yordamida videoni oldindan qayta ishlash 
    va “katta” muharrirda – montaj va tahrirlash mantiqan to‘g‘ridir.


    255
    Filtrlar. 
    Aslida, videoni qayta ishlash filtrlar (filters) tomonidan 
    amalga oshiriladi. Standart interfeysdan foydalangan holda video 
    muharririga ulangan kichik dasturlarda bajariladi. Qoida tariqasida, 
    filtr ulanish interfeysi har bir dastur uchun o‘ziga xosdir. Barcha video 
    muharrirlari ba’zi asosiy filtrlar to‘plami bilan birga keladi (VirtualDub 
    ham bundan mustasno emas). Lekin ko‘pincha eng yaxshi natijalarga 
    uchinchi tomon ishlab chiquvchilari tomonidan yaratilgan filtrlar 
    yordamida erishish ham mumkin. Shuning uchun, videoni qayta ishlash 
    jarayoni uchun nafaqat videoni qayta ishlash dasturi, balki ishlatiladigan 
    filtrlar to‘plami ham muhimdir.
    Quyida video yozuvlarni qayta ishlashda yordam beradigan 
    VirtualDub uchun foydali filtrlarning tavsifi keltirilgan. Standart filtrlar 
    VirtualDub yordam faylida batafsil tavsifangan (yodam fayli afsuski 
    Virtual DubMod tarkibiga kiritilmagan, uni VirtualDub-ni saytidan 
    yuklab olish mumkin).
    Filtrning ishlash tezligini o‘lchash shartli ravishda amalga 
    oshiriladi. MPJEG test fayli filtrlarsiz MPJEG formatiga soniyasiga 42 
    kadr tezlikda siqiladi. Misol uchun bitta filtr yordamida ishlov berish 
    tezligi qiymati ko‘rsatilgan.
    Ushbu bo‘limda faqat VirtualDub uchun eng mashhur filtrlarni tavsifaydi.

    Download 6,82 Mb.
    1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   176




    Download 6,82 Mb.
    Pdf ko'rish