REJA:
1.1. Transport vositalarining ishonchliligi to’g’risidagi fanning predmeti.
1.2. Ishonchlilik muammosining falsafiy asoslari.
1.3. Ishonchlilikning iqtisodiy asoslari.
1.1. Transport vositalarining ishonchliligi to’g’risidagi fanning predmeti.
Fanni o’qitishdan maqsad- ishonchlilik nazariyasi
va diagnostika asoslarini
mukammal o’rganish, shu asosda transport vositalari ekspluatatsiyasi bo’yicha uslub
va me’yorlarni ishlab chiqish hamda ularni amalda samarali qo’llashdir.
Fanning vazifalari:
-
transport vositalari ekspluatatsiyasidagi ishonchlilik ko’rsatkichlari va
diagnostikalash tizimi to’g’risida tasavvur hosil qilish;
-
transport vositalarining ishonchliligi va ishlash qobiliyatini ta’minlashni
o’rganish, ularning ishonchliligini baholash hamda diagnostika usullari va vositalarini
amalda tadbiq qilishni o’rganish;
-
transport vositalari asosiy ekspluatatsion xarakteristikalarini tajribaviy
aniqlash, ekspluatatsiya sharoitida ma’lumotlarni yig’ish, ishlov berish va tahlil etish
bo’yicha ko’nikmalar hosil qilish.
Ishonchlilikning asosiy xususiyati – uning transport
vositasini loyihalash,
ishlab chiqarish va undan foydalanish bosqichlari bilan bog’liqligidadir.
1.
Transport vositasini loyihalayotganda va hisob-kitob qilinayotganda
ishonchlilikka asos solinadi; u transport vositasi va birikmalarining konstruktsiyasi,
materiallar, moylash va sovutish tizimlari, texnik xizmat ko’rsatish (TXK) va joriy
ta’mirlash (JT) ga moyilligi va boshqalarga bog’liq.
2.
Transport vositasini ishlab chiqarayotganda ishonchlilik ta’minlanadi; u
tayyorlangan detallar, chiqarilayotgan maxsulotni nazorat qilish usullari, mashinani
yig’ish va sinash sifatlariga bogliqdir.
3.
Transport vositasini ekspluatatsiya qilayotganda
uning ishonchliligi amalda
namoyon bo’ladi (buzilmasdan ishlash va chidamlilik ko’rsatkichlari va h.k.). Bu
ko’rsatkichlar transport vositasini ekspluatatsiya qilish sharoitlariga,
texnik xizmat
ko’rsatish va joriy ta’mirlash usullariga, agregatlarning
ish rejimlariga va boshqa
omillarga bog’liq.
Ishonchlilik to’g’risidagi fan optimal konstruktsion yechimlarni topish,
mashina
holatini oldindan aytib berish, og’ir sharoitlarda uning ish qobiliyatini
ta’minlash kabi masalalarni qo’yadi.
Bu fan ehtimollik nazariyasi, matematik
statistika,
fizik-kimyoviy mexanika, ishqalanish va yeyilish nazariyasi,
mashinalar