• Qaytarish uchun savollar
  • Ishonchlilikning iqtisodiy jihati Ishonchlilik muammosining falsafiy




    Download 1,07 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/3
    Sana08.06.2024
    Hajmi1,07 Mb.
    #261582
    1   2   3
    Bog'liq
    1 maru\'za DARS 1

    1.3. Ishonchlilikning iqtisodiy jihati Ishonchlilik muammosining falsafiy 
    jihati ikki savolga javob berishni talab etadi

    1) Vaqt o’tishi bilan transport vositasining dastlabki xarakteristikalarini 
    yo’qotishi majburiy jarayonmi? 
    2) Uslubiyat nuqtai nazaridan qaraganda ishonchlilik muammosini kanday 
    falsafiy tushuncha va qonuniyatlar belgilaydi? 
    Transport vositasi atrof-muhit, inson, ob’ekt va h.k. lar bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi. 
    Bunda har xil sabab va oqibat bog’lanishlari yuzaga keladi. Transport vositasiga ta’sir 
    etuvchi omillar sonin ing ko’payishi uning sifat ko’rsatkichlarini tadrijiy 
    (evolyutsion) o’zgartiradi va dialektika qonunlariga asosan boshqa sifat holatiga olib 
    keladi. SHuning uchun ekspluatatsiya jarayonida transport vositasida kechayotgan 
    o’zgarishlar, falsafa nuqtai nazaridan, hamma moddiy ob’ektlarning eng muhim 
    sifati- harakatning qonuniy namoyon bo’lishidir, chunki tabiatda o’zgarmaydigan 


    hech narsa yo’q. Noxush o’zgarishlarni sekinlatish mumkin, lekin ularni butunlay 
    yo’q qilish mumkin emas. 
    SHuning uchun quyidagilarni o’rganish maqsadga muvofiq: 
    - transport vositasiga o’tkaziladigan zarar ta’sirlar manbai va sabablari; 
    - transport vositasining ishlash qobiliyatini pasaytiruvchi jarayonlar fizik mohiyati; 
    - transport vositasining har xil ta’sirlarga qarshi aks ta’siri; 
    - yuqorida keltirilgan omillar asosida kerakli vaqt davomida berilgan 
    vazifalarni bajara oladigan tizimlarni yaratish. 
    Buyumning ishonchliligi uning asosiy sifat ko’rsatkichlaridan biridir. 
    Falsafa nuqtai nazaridan olib qaralganda sifat – bu ob’ektning o’ziga xosligi va 
    boshqa ob’ekt va hodisalardan farqini ifodalovchi belgilar majmuidir. Vaqt davomida 
    sifat ko’rsatkichlari o’zgarishini o’rganuvchi ishonchlilikni "sifat dinamikasi" deyish 
    mumkin. 
    Ishonchlilikning erishilgan darajasini baholash va uni oshirish zarurligi 
    iqtisodiyot nuqtai-nazaridan xal qilinishi kerak, chunki iqtisodiyot ishonchlilik 
    masalalarini yechishda asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi. 
    Ishonchlilikning talab etilgan darajasiga erishish uchun har xil variantlarni 
    taqqoslayotganda transport vositalarini ishlab chiqarish va uning ekspluatatsiyasi 
    sarf-xarajatlarini hamda ulardan foydalanishda olinadigan samaradorlikni hisobga 
    olgan holda eng ko’p majmuiy iqtisodiy samara olish shartining bajarilishini 
    ta’minlamoq kerak. 
    Transport vositalari ekspluatatsiyasi jarayonida majmui iqtisodiy samaraning 
    vaqt o’tishi bilan o’zgarishi quyidagi omillarga bog’liq 

    7


    1. Yangi transport vositasiga ketgan sarf-xarajatlar (loyihalash, ishlab-chiqarish, 
    sinash, sozlash, tashish va h.k.) – Q
    I
    ; va ekspluatatsiya sarf xarajatlari (texnik xizmat 
    ko’rsatish, joriy ta’mirlash) – Q
    E
    (L).
    Q
    I
    va Q
    E
    – samaradorlik balansida hamma vaqt manfiy son. 
    2. Transport vositasidan foydalanish iqtisodiy samara-foyda beradi Q
    P
    (L). 
    Vaqt o’tishi bilan Q
    E
    (L) o’sa boshlaydi, chunki transport vositasi eskiradi va u 
    yo’qotgan ish qobiliyatini tiklash uchun sarf-xarajatlar ko’payadi (1-rasm). 


    L
    T.k.
    – transport vositasining tannarxini qoplash masofasi, ming km; 
    L
    ox 
    – transport vositasining chegaraviy holatigacha ishlash masofasi, ming km; 
    L
    max
    – eng yuqori samaradorlikka erishiladigan masofa, ming km; 
    Le – transport vositasidan foydalanish iqtisodiy maqbul masofasi, ming km. 
    Ikkinchi tomondan, vaqt o’tishi bilan Q
    R
    (L)ning o’sish sur’ati pasayadi, chunki 
    transport vositasining texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta’mirlashlarda turib qolishi 
    uning unumdorligini pasaytiradi. SHuning uchun ham majmuiy samaradorlik egri 
    chizig’i
    Q(L) 

    Q
    P
    (L) - (Q
    I

    Q
    E
    (L)), 
    (1) 
    eng yuqori nuqtaga ega va ikki marta abstsissa o’qini kesib o’tadi. Q(L) ning o’sishi 
    bilan L

    L
    Tk
    ga teng bo’lgan vaqtdan boshlab 
    Q
    I

    Q
    E
    (L) 

    Q
    P
    (L), 
    (2) 
    tenglamasiga ega bo’lamiz (L
    Tk
    - sarf-xarajatlarning qoplanish muddati, ming km). 
    ya’ni transport vositasini ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar qoplangan bo’ladi va 
    L

    L
    Tk
    dan boshlab transport vositasi foyda keltirishni boshlaydi. Lekin olinadigan 
    foydaning o’sishi ekspluatatsiya xarajatlarining L

    L
    OX
    gacha bo’lgan vaqtida 
    kamayadi. (L
    OX
    -transport vositasi ishlashining chegaraviy muddati). 
    Bunda yana Q
    I

    Q
    E
    (L)

    Qr(L) holatiga ega bo’lamiz. L>L
    OX
    bo’lsa, 
    ekspluatatsiya xarajatlari olinadigan iqtisodiy samaradan katta. Transport 
    vositasining iqtisodiy maqbul ekspluatatsiya muddati L
    MAX
    E
    OX
    chegarada 
    yotadi. Demak, transport vositasi variantini ishonchlilik nuqtai nazaridan 
    tanlayotganda uning ishlab-chiqarish va ekspluatatsiya xarajatlarini olinadigan 
    iqtisodiy samara bilan taqqoslash kerak. Transport vositasi ishonchliligini 
    baholayotganda iqtisodiy ko’rsatkich asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi. 
    Qaytarish uchun savollar


    1. Ishonchlilik fani nimani o’rganadi?
    2. Falsafa nuqtai nazaridan sifat nima? 
    3. Ishonchlilikning erishilgan darajasi birinchi navbatda qanday baholanadi? 
    4. Transport vositasining majmuiy samaradorligi qanday aniqlanadi? 
    5. Kaysi vaqtlarda transport vositasi ishlab chiqarish va ekspluatatsiyasi uchun 
    ketadigan sarf-xarajatlar yig’indisi uning olib keladigan daromadiga teng bo’ladi? 
     

    Download 1,07 Mb.
    1   2   3




    Download 1,07 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishonchlilikning iqtisodiy jihati Ishonchlilik muammosining falsafiy

    Download 1,07 Mb.
    Pdf ko'rish