dinamikasi va mustahkamligi, avtomatik
boshqaruv va informatika, texnologik
jarayonlar nazariyasi va diagnostikalash kabi fanlardan foydalanadi.
Buzilishlar fizikasining vaqt bo’yicha o’zgarish
qonunlari ishonchlilikning
asosiy masalalarini yechishda poydevor bo’lib xizmat qiladi.
1.2. Ishonchlilik muammosining falsafiy asoslari.
Ishonchlilik muammosining falsafiy jihati ikki savolga javob berishni talab etadi :
1) Vaqt o’tishi bilan transport vositasining dastlabki xarakteristikalarini yo’qotishi
majburiy jarayonmi?
2) Uslubiyat nuqtai nazaridan qaraganda ishonchlilik muammosini kanday falsafiy
tushuncha va qonuniyatlar belgilaydi?
Transport vositasi atrof-muhit, inson, ob’ekt va h.k. lar bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi.
Bunda har xil sabab va oqibat bog’lanishlari yuzaga keladi. Transport vositasiga ta’sir
etuvchi omillar sonin ing ko’payishi uning sifat ko’rsatkichlarini
tadrijiy
(evolyutsion) o’zgartiradi va dialektika qonunlariga asosan boshqa sifat holatiga olib
keladi. SHuning uchun ekspluatatsiya jarayonida transport
vositasida kechayotgan
o’zgarishlar, falsafa nuqtai nazaridan, hamma moddiy ob’ektlarning
eng muhim
sifati- harakatning qonuniy namoyon bo’lishidir, chunki tabiatda o’zgarmaydigan
hech narsa yo’q. Noxush o’zgarishlarni sekinlatish mumkin,
lekin ularni butunlay
yo’q qilish mumkin emas.
SHuning uchun quyidagilarni o’rganish maqsadga muvofiq:
- transport vositasiga o’tkaziladigan zarar ta’sirlar manbai va sabablari;
- transport vositasining ishlash qobiliyatini pasaytiruvchi
jarayonlar fizik
mohiyati;
- transport vositasining har xil ta’sirlarga qarshi aks ta’siri;
- yuqorida keltirilgan omillar asosida kerakli vaqt davomida berilgan
vazifalarni bajara oladigan tizimlarni yaratish.
Buyumning ishonchliligi uning asosiy sifat ko’rsatkichlaridan biridir.
Falsafa nuqtai nazaridan olib qaralganda sifat – bu ob’ektning o’ziga xosligi va
boshqa ob’ekt va hodisalardan farqini ifodalovchi belgilar majmuidir. Vaqt davomida
sifat ko’rsatkichlari o’zgarishini o’rganuvchi ishonchlilikni "sifat dinamikasi" deyish
mumkin.