|
Videofilmni yakuniy qayta ishlash va siqish Pdf ko'rish
|
bet | 158/176 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #239848 |
Bog'liq F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova RaqamliVideofilmni yakuniy qayta ishlash va siqish
Videoni siqishning yakuniy usullari, ma’lumot yo‘qolishi ehtimoli
bilan yuqori siqish nisbatini ta’minlashi kerak. Zamonaviy koderlar
video buzilishlarni (artefaktlarni) ijro etish vaqtida imkon qadar kamroq
sezish uchun mo‘ljallangan maxsus algoritmlardan foydalanadi.
Bundan tashqari, videoni qayta ijro etish uchun faqat video kadrlarga
ketma-ket kirish yetarli bo‘ladi, ammo xohlagan kadrga to‘g‘ridan
to‘g‘ri murojaat qilish, qoida tariqasida, uzoq tutilishlarga olib keladi.
Bunday videoni siqish usullarining yana bir afzalligi videoning
o‘lchamini siqilgan shaklda aniqlash qobiliyatidir. Ushbu xususiyatdan
foydalanish uchun olingan videoni siqmoqchi bo‘lgan o‘rtacha bit
tezligini(bitrate) hisoblash kerak. Kalkulyator yordamida kerakli
qiymatni hisoblash mumkin, ammo buni maxsus dasturlar – bit tezligi
kalkulyatori yordamida amalga oshirish qulayroqdir. DivX Pro va XviD
kodeklarida o‘rnatilgan bitrate kalkulatori mavjud.
Ovozni siqish
. Videoyozuvning tovushtrekini yozib olgandan so‘ng,
tovush yozishda mavjud bo‘lgan shovqinni olib tashlash (kamaytirish)
tavsiya etiladi. Buning uchun ovoz muharrirlaridan foydalanish qulay
(ko‘pchiligi shovqinni kamaytirish uchun turli xil vositalarga ega).
Amalda, “namuna bo‘yicha” algoritmi shovqinni yo‘qotishning eng
samarali usulidir. Videoning tovushsiz pauza qismi, ya’ni faqat shovqin
bo‘lgan yozuvning bir qismi, “sof shovqin” namunasi sifatida ishlatiladi.
Keyin muharrir, tanlangan namunaga ko‘ra, yozilgan ovoz davomida
shovqinni olib tashlaydi. Qoidaga ko‘ra, bunday ishlov berish natijasida
olingan tovush shovqinli asl nusxadan ko‘ra quloq tomonidan ancha
tushunarli qabul qilinadi. Shuni ham yodda tutish kerakki, yozuv qancha
ko‘p shovqinni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, tovush sifatining maqbul darajasini
saqlab qolish uchun siqish ma’lumotlar oqimi shunchalik kengroq talab
qiladi.
Qayta ishlangan videodagi tovushni siqish uchun turli kodlov-
chilardan foydalanishingiz mumkin.
|
| |