246
eshitirish paytida osilib qoladi, ffDShow dekoderi videoni ko‘rsatadi
lekin unda kadrning katta qismi rangli “axlat” bilan to‘ldirilgan bo‘lib
ko‘rinadi (RU.MPEG konferentsiyasida
koderning ushbu versiyasi
ba’zi sharoitlarda yaxshi ishlashi haqida xabar berilgan edi. Siz ham
ishlaydimi yoki yo‘qligini ko‘rishga urinib ko‘rishingiz mumkin).
MJPEG.
Ushbu kodlash usulining g‘oyasi juda oddiy: har bir kadr
boshqalardan mustaqil ravishda kodlanadi, kadrlar JPEG (fotosuratlarni
siqish uchun juda keng qo‘llaniladi) kabi yoqotishli algoritm yordamida
siqiladi. Algoritmning bir nechta ilovalari mavjud,
shu jumladan
apparatli vositalari ham bor. Shunday qilib, Pinnacle Studio DC 10+
suratga olish kartasi MJPEG formatida oqim chiqaradi. Dasturiy
ta’minotning eng keng tarqalgan kodeklari
Morgan Multimedia va
Pegasus Imaging Corp-lardir. Mutaxassislar Morgan kodekini unchalik
yoqtirmaydilar, uning tasvir sifati yomonroq va muvofiqligi (ba’zi
MJPEG fayllarini dekodlay olmaydi) past. Boshqa tomondan, Pegasus
kodeki (PICVideo MJPEG) aksincha juda mashhurdir. Amalda, u
faqat bitta sifat darajasi (1 dan 20 gacha) sozlamasiga ega. Maksimal
sifatni olish uchun videoni olishda,
qoida tariqasida, 19-darajadan
foydalaniladi, bunda ma’lumotlar oqimi 5 – 7 MB/s (17 – 25 GB/s)
ni tashkil qiladi. Bunday holda, 450 MHz protsessorda ham 768x576
pikselli kadr o‘lchamiga ega videoni olish mumkin bo‘ladi.
Eng yuqori sifat darajasini ishlatish mantiqan to‘g‘ri emas, chunki
ma’lumotlar oqimi 12 – 17 MB/s (40 – 60 GB/s) – bu, HuffYUV usulidan
ham ko‘proq. Shu bilan birga, MJPEG yo‘qotish bilan, HuffYUV
esa yo‘qotishsiz siqadi holbuki bu rejimda protsessorga qo‘yiladigan
talablar HuffYUVdan ko‘ra yuqoriroq.
Bundan tashqari, pastroq sifat darajasidagi qiymatlardan foydalanish
ham mumkin. Bu holda ma’lumotlar oqimi ham, protsessor yuki ham
kamroq bo‘ladi. Ammo 18-darajada siqish artefaktlari “ko‘z bilan”
sezilarli bo‘lib qoladi – teledasturlardagi tasodifiy shovqin ba’zan
muntazam naqshlarga (muare-muavr) aylanadi. 17
sifatdan keyin
muare doimiy bo‘lib qoladi.