|
Static Noise Reduction (O‘zgarmas shovqin yo‘qotuvchi) Pdf ko'rish
|
bet | 166/176 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 6,82 Mb. | | #239848 |
Bog'liq F.F. Rajabov, N.S. Atadjanova, N.A. Irmuxamedova RaqamliStatic Noise Reduction (O‘zgarmas shovqin yo‘qotuvchi).
Ushbu
filtr kadrda tasodifiy tarqalgan statik shovqinni olib tashlashga imkon
beradi. Bu videoning siqilishini sezilarli darajada yaxshilab, uning
vizual sifatini biroz yaxshilaydi.
Subtitler (sub titerlar).
Ushbu filtr SSA formatidagi tasvirga
subtitrlar qo‘shish imkonini beradi, u formatning matn effektlarini
qo‘llab-quvvatlaydi. “Ichki subtitrlar” yaratish uchun foydalaniladi.
Temporal Cleaner (vaqtinchalik tozalagich).
Ushbu filtr juda muhim,
garchi ko‘zga sezilmasa ham, funksiyani bajaradi (temporal smoothing),
ya’ni, vaqt davomida piksel qiymatlarini o‘rtacha qiymatiga almashtiradi.
Shunday qilib, keyingi siqish paytida koder piksel qiymatining o‘rtacha
qiymatdan kichik oqimlarini saqlab turishi shart emas (raqamlashtirilgan
havaskor yozuvlarni qayta ishlashda boshqa filtrlar ham mavjud. Masalan,
DeShaker
filtri yozishning vaqtinchalik barqarorligini ta’minlaydi). Agar
filtr noto‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa, yorug‘lik fonida qorong‘u narsalarning
konturlari ko‘payadi. Ushbu filtrni qayta ishlash tezligi kerak bo‘lganda
foydalanish mantiqga to‘g‘ri keladi(tezligi sekundiga 16 kadr) va
u
YATS
ga qaraganda yomonroq ishlaydi hamda ko‘pincha qo‘lda
sozlashni talab qiladi. Shunga qaramay, bu piksel qiymatlarini shunchalik
xiralashtiradigan o‘rnatilgan
Temporal Smoother
filtridan yaxshiroq
bo‘lib, u faqat tasvirning kadrdan kadrga silliq o‘tish effektini yaratish
uchun yaxshi natija beradi.
Unsharp Mask.
Bu obyektlar chegarasi yaqinida kontrastni tanlab
oshirish uchun filtr. U tasvirni aniqlaydi (qirralarini aniqlaydi). Obyekt
chegaralarini qidirishning
Smart Smoother
dagi o‘xshash usuli
qo‘llaniladi. O‘tkirlab tasvirlash uchun eng yaxshi filtr hisoblanadi.
Vobsub.
Bu subtitrlar bilan ishlash uchun bir xil nomdagi
to‘plamning bir qismidir. VobSub formatida saqlangan subtitrlarni
(masalan, video DVD dan ko‘chirilgan) tasvirga qo‘shish imkonini
beradi. “Ichki subtitrlar” yaratish uchun foydalaniladi.
|
| |